Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Shifokor ortiqcha vazn tashlashda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolarni aytdi

© Pexels / Andrea PiacquadioFitnes
Fitnes - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2023
Obuna bo‘lish
Qaysi omillar ortiqcha vazn tashlashda xalal beradi - batafsil materialimizda
Uyqu va ovqatlanish rejimining buzilishi ortiqcha vazn tashlamoqchi bo‘lgan insonlar eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolardir. Bu haqida endokrinolog, nutritsiolog, gastroenterolog Dilyara Lebedeva o‘z Telegram kanalida ma’lum qildi.

Shifokor ozmoqchi bo‘lganlar tez-tez yo‘l qo‘yadigan xatolarni sanab o‘tdi. Uning aytishicha, muntazam sport zalda shug‘ullanib, kerakli natijaga erishmaslik ehtimoli ham bor. Chunki, ortiqcha vaznga sabab uyqu rejimining buzilishi, doimiy stress, shuningdek, giporterioz (endokrin tizimi kasalligi bo‘lib, qalqonsimon bez gormonlarining yetishmasligi) ham sabab bo‘lishi mumkin.

Mutaxassisning o‘z tajribasiga tayanib aytishicha, odatda interval och qolish tartibiga rioya qiladigan, haftada to‘rt-besh marta mashg‘ulotlar bajaradigan va har kuni 10 mingta qadam yuradigan odamlar ortiqcha vazndan tezroq va samaraliroq xalos bo‘ladi.
“Ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga xalal beradigan yana bir omillardan biri – stress. Surunkali ko‘tariladigan kortizol lipolizga to‘sqinlik qiladi”, - deydi shifokor.
Qolaversa, D vitamini yetishmasligi, ovqatlanish tartibining buzilishi, oshqozon-ichak tizimi buzilishi, kamqonlik, surunkali yuqumli kasalliklar va tizimli yallig‘lanish kabi noxush holatlar ham ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0