Toshkentda IHT tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tmoqda

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovSMID OES v Tashkente
SMID OES v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2023
Obuna bo‘lish
Tadbirda tashkilotga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, IHT bosh kotibi Xusrav Noziriy boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Bugun Toshkentda O‘zbekiston raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
O‘zbekistonning IHTga raisligi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirda tashkilotga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, IHT bosh kotibi Xusrav Noziriy boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirok etmoqda.
IHT mintaqaviy ko‘p tomonlama tuzilma. Mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi yaqin savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida 1985-yilda tashkil etilgan.
Bugungi kunda tashkilotga O‘zbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston a’zo. O‘zbekiston IHTga 1992-yilda qo‘shilgan.
Yangiliklar lentasi
0