Dunyoda

Ukraina magʻlubiyati muqarrarligini tan olishi kerak – Xitoy OAV

© © AP Photo / LibkosSoldat VSU vosle frantsuzskoy samoxodnoy gaubitsы CAESAR pod Avdeyeyevkoy
Soldat VSU vosle frantsuzskoy samoxodnoy gaubitsы  CAESAR pod Avdeyeyevkoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.01.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Kuzatuvchining qayd etishicha, Rossiya katta ustunlikka ega boʻlgan bir paytda Ukraina yutqazish yoqasida.
TOSHKENT, 24 yanv — Sputnik. Ukraina AQSH va Yevropaga toʻliq qaramligi tufayli magʻlubiyati muqarrarligini tan olishi kerak, deyiladi Xitoyning “Sina” portali maqolasida.

“Rossiya harbiy-sanoat kompleksi salohiyatini oshirish imkoniyatiga ega, bu uning Ukraina bilan uzoq muddatli mojaroga dosh berish qobiliyatini anglatadi. Gʻarb davlatlari Rossiya armiyasi qurol va oʻq-dorilar taqchilligiga duch kelishiga umid qilmasligi kerak, chunki bu shunchaki imkonsiz. Qoʻshma Shtatlar va Yevropa oʻz muvaffaqiyatsizliklarini tan olmaguncha qayta-qayta oʻzlaridan hafsalasi pir boʻlishiga toʻgʻri keladi”, - deydi maqola muallifi.

Kuzatuvchining qayd etishicha, Rossiya katta ustunlikka ega boʻlgan bir paytda Ukraina yutqazish yoqasida. Muallifning xulosa qilishicha, bunday holat Ukraina “dunyo xaritasidan butunlay yoʻq boʻlib ketishi” mumkinligidan dalolat beradi.
Ukraina deyarli barcha NATO va sovet qurollarini ishlatib boʻldi – “Axmat” qoʻmondoni
Rossiya 2022 yil 24 fevralidan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya oʻtkazmoqda. Vladimir Putin uning vazifasini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Uning soʻzlariga koʻra, operatsiyadan asosiy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning oʻzi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Yangiliklar lentasi
0