“Volkswagen Caddy” tez yordam mashinalari hududlarga topshirildi

© Minzdrav UzbekistanaSlujbi skoroy pomoshi v regionax poluchili 110 Volkswagen Caddy
Slujbi skoroy pomoshi v regionax poluchili 110 Volkswagen Caddy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2023
Obuna bo‘lish
110 ta “Volkswagen Caddy” rusumli so‘nggi avlod tez tibbiy yordam mashinalari hududlarga taqsimlandi.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Respublika tez tibbiy yordam markazi avtobazasi 110 ta “Volkswagen Caddy” rusumli so‘nggi avlod tez tibbiy yordam mashinalari bilan boyidi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
© Minzdrav UzbekistanaSlujbi skoroy pomoshi v regionax poluchili 110 Volkswagen Caddy
Slujbi skoroy pomoshi v regionax poluchili 110 Volkswagen Caddy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2023
Slujbi skoroy pomoshi v regionax poluchili 110 Volkswagen Caddy
Bu avtoulovlar hududlardagi mavjud ehtiyojga ko‘ra quyidagicha taqsimlandi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 10 ta,
Andijon viloyati — 10 ta,
Buxoro viloyati — 10 ta,
Jizzax viloyati — 9 ta,
Qashqadaryo viloyati — 10 ta,
Navoiy viloyati — 8 ta,
Namangan viloyati — 10 ta,
Surxondaryo viloyati — 9 ta,
Sirdaryo viloyati — 8 ta,
Toshkent viloyati — 8 ta,
Farg‘ona viloyati — 10 ta,
Xorazm viloyati — 8 ta.
Ta’kidlanishicha, vazirlik tizimda eskirgan avtotransport vositalarini bosqichma-bosqich zamonaviylariga almashtirish ishlarini olib bormoqda.
© Minzdrav UzbekistanaSlujbi skoroy pomoshi v regionax poluchili 110 Volkswagen Caddy
Slujbi skoroy pomoshi v regionax poluchili 110 Volkswagen Caddy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2023
Slujbi skoroy pomoshi v regionax poluchili 110 Volkswagen Caddy
Tez yordam xizmatida 2938 dona mashina bo‘lib, shundan 648 tasi yoki 22 foizi normativ hujjatlarga asosan yangilanishga muhtoj.
Hozirgi kunda 103 tasarrufida 244 ta “Hunday”, 145 ta “Volkswagen Caddy”, 90 ta “Nissan”, 46 ta “Toyota”, 228 ta “Ford”, 13 ta “Foton”, 37 ta “UAZ”, 5 ta “Isuzu NLR”, 29 ta “Isuzu D-MAX”, 19 ta “GAZel” va 2082 ta “Damas” mashinalari xizmat ko‘rsatmoqda.
“Volkswagen Caddy” tez yordam mashinalari poytaxt tibbiyot muassasalariga yetkazib beriladi
O‘zbekiston prezidentining 2021-yil 27-maydagi va 2022-yil 16-iyundagi 283-son qarorlariga muvofiq, tizimdagi mavjud “Damas” rusumli va xizmat muddatini o‘tagan boshqa turdagi avtotransport vositalarini 2022-2024 yillarda yangilash belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0