Buxoroda “Sinepar”dan 23 nafar bola vafot etgani rad etildi

© unsplash.com/Towfiqu barbhuiyaMeditsinskiy sirop.
Meditsinskiy sirop. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2023
Obuna bo‘lish
SSV “Sinepar” siropini ichgan 23 nafar bola vafot etgani haqidagi xabarlar mutlaqo asossiz ekanini ma’lum qildi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi Buxoro viloyatida “Sinepar” siropini ichgan 23 nafar bola vafot etgani haqida xabarlar mutlaqo asossiz va haqiqatga zid ekanligini ma’lum qildi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda shunga o‘xshash xabarlar tarqalgandi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, o‘rganishlar davomida viloyatdagi tibbiyot muassasalarida davolangan bolalarda ushbu preparatni qabul qilish tufayli hech qanday o‘lim holati kuzatilmagan.
Shu bilan birga, fuqarolarga har qanday dori vositasidan shifokor ko‘rsatmasisiz va o‘zboshimchalik bilan foydalanmaslik zarurligi eslatilgan.
O‘z navbatida, Bosh prokuratura ham bu xabarlarga munosabat bildirib, aholi orasida yolg‘on, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish uchun jinoiy javobgarlik mavjudligini eslatgan.
Yangiliklar lentasi
0