O‘tgan yilda kambag‘allik darajasi 17 foizdan 14 foizga tushdi – prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2023
Obuna bo‘lish
2023 yilda 5 million nafar aholi bandligini ta’minlash zarurligi aytildi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. 2022 yilda kambag‘allik darajasi 17 foizdan 14 foizga tushdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Prezident kambag‘allikni qisqartirish milliy siyosat darajasiga olib chiqilganini ta’kidladi.

Natijada o‘tgan yilning o‘zida kambag‘allik darajasi 17 foizdan 14 foizga tushgani, bunda hokim yordamchilari 1 million nafar aholini kasb-hunarga o‘qitib, tadbirkorligini boshlashga ko‘maklashgani, daromadli ish bilan band qilgani muhim omil bo‘lgani qayd etildi.

Ta’kidlanishicha, shu davrda 200 mingga yaqin tadbirkorlik subyekti tashkil qilingan, 10 mingta korxona faoliyati kengaytirilgan, 11 mingta korxona quvvati tiklangan. Bu ishlarni 2023-yilda davom ettirish, bandlikni ta’minlash bo‘yicha barcha tarmoq va hudud rahbarlariga aniq topshiriqlar berilgan.
Yig‘ilishda 2023-yilda 5 million nafar aholi bandligini ta’minlash, shu jumladan 2 millionta doimiy ish o‘rinlarini yaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Yangiliklar lentasi
0