Toshkentda ro‘yxatga olingan yengil avtomobillar soni yarim milliondan oshdi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovOsen v Tashkente.
Osen v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2023
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 562,1 ming tani tashkil etmoqda.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Toshkent shahri aholisiga tegishli yengil avtomobillar soni yarim milliondan oshdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1-yanvar holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 562,1 ming tani tashkil etmoqda.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning 1-yanvar holati bilan solishtirilganda 94,9 mingtaga oshgan.
Shu o‘rinda, o‘tgan yilning dekabr oyida avtomobil bozorida faollikning sezilarli pasayishiga qaramay, avtomobillarning umumiy savdosi 87% - rekord darajada o‘sishni ko‘rsatdi.
"UzAuto Motors" kompaniyasining "Chevrolet Lacetti", "Cobalt", "Damas" va "Labo" avtomobillari bilan shartnoma tuzishni vaqtincha to‘xtatishi avtomobil bozoridagi faollikning pasaytiruvchi omillardan biri bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, kompaniya 17-yanvardan boshlab avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha avtomobillarni yetkazib berishni qayta tikladi. Shuningdek, QQS stavkasining 15 foizdan 12 foizgacha tushirilgani munosabati bilan avtomobillar narxi ham pasaytirildi.
Yangiliklar lentasi
0