Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda charm-poyabzal sohasida yangi loyiha boshladi

© "O‘zcharmsanoat” uyushmasi“Karavan SK” kompaniyasi O‘zbekistonda terini qayta ishlash va tayyor charm ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyiha boshladi
“Karavan SK” kompaniyasi O‘zbekistonda terini qayta ishlash va tayyor charm ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyiha boshladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyaning “Karavan SK” kompaniyasi Toshkent viloyatida charm-poyabzal va mo‘yna mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarida ish olib boradi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda terini qayta ishlash va tayyor charm ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyiha ustida ish boshladi. Bu haqda "O‘zcharmsanoat” uyushmasi xabar berdi.
"O‘zcharmsanoat” uyushmasida Rossiyaning “Karavan SK” kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatda xom ashyoni chuqur qayta ishlash orqali tayyor charm ishlab chiqarishga qaratilgan investitsiya loyihasini amalga oshirish masalasi ko‘rib chiqildi.
© "O‘zcharmsanoat” uyushmasi“Karavan SK” kompaniyasi O‘zbekistonda terini qayta ishlash va tayyor charm ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyiha boshladi
“Karavan SK” kompaniyasi O‘zbekistonda terini qayta ishlash va tayyor charm ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyiha boshladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2023
“Karavan SK” kompaniyasi O‘zbekistonda terini qayta ishlash va tayyor charm ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyiha boshladi

“O‘zbekistondagi qulay ishbilarmonlik muhiti meni bu yerga investitsiya kiritishga undadi. Ikki yil davomida mamlakatdagi investitsiya iqlimini, bozorlarni tahlil qilib chiqdik. Mahalliy korxonalar bilan hamkorlik qildik. Tahlillarimiz so‘ngida esa O‘zbekistonda terini qayta ishlash va tayyor charm ishlab chiqarish investitsiya loyihasini amalga oshirishga qaror qildik”, - deydi “Karavan SK” kompaniyasi rahbari Vladimir Tochilin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya charm-poyabzal va mo‘yna mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalaridan yer maydoni olishni maqsad qilgan.
Yangi loyiha Toshkent viloyatining Ohangaron va Yuqori Chirchiq tumanlarida tashkil etilayotgan charm-poyabzal va mo‘yna mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalaridan birida amalga oshiriladi.
Hozirda kompaniyaga yer maydonini ajratish bo‘yicha amaliy harakatlar boshlandi
Yangiliklar lentasi
0