Hindistonda 250 dan ortiq titanozavr tuxumlari topildi

© Portal new-science.ruOkamenelie yaysa titanozavrov
Okamenelie yaysa titanozavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2023
Obuna bo‘lish
Titanozavrlar yoki zauropodlar uzun bo‘yinli katta o‘txo‘r dinozavrlardir.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Paleontolog Harsha Dhiman boshchiligidagi hind paleontologlari guruhi Hindistonning Dhar tumanida titanozavr tuxumlarini topdi. Bu haqda “New Science” portali yozmoqda.
Titanozavrlar yoki zauropodlar uzun bo‘yinli katta o‘txo‘r dinozavrlardir. Ular Yer yuzida yura davridan to bo‘r davrigacha (201-66 million yil avval) yashagan.
Titanozavrlar qoldiqlarining aksariyati Janubiy Amerikada topilgan. Hindistonda titanozavrlarning suyaklari va tuxumlari avvalroq Narmada vodiysidan topilgan. Yaqinda tadqiqotchilar Madxya-Pradesh shtatining Dhar tumanida 92 ta titanozavr nasllarini topdi.
Bu yerda jami 256 dona tuxum bo‘lgan. Olimlar tuxumlar titanozavrlarning har xil turlariga tegishli ekanligini aniqlagan. Shunisi e’tiborga loyiqki, katta yoshli hayvonlarning suyaklari topilmagan.
Tuproq tahlillari shuni ko‘rsatganki, bu yerda bundan 67-68 million yil oldin hovuz yoki ko‘l qirg‘og‘i bo‘lgan. Tadqiqotchilarning fikricha, titanozavrlar bu joydan faqat ko‘payish uchun foydalangan, lekin boshqa joyda yashagan. Bundan tashqari, suyaklar chuqurroq tuproq qatlamlarida saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin.
Qayd etilishicha, tuxumlar turli shakl va o‘lchamlarda. Ulardan ba’zilari butun, ba’zilari singan yoki shakli o‘zgartirilgan. Kelgusi oylarda olimlar titanozavr tishlarini va embrionlarini topish uchun izlanish olib bormoqchi.
Yangiliklar lentasi
0