O‘zbekistonlik shaxmatchilar xalqaro turnirda peshqadamlikni mustahkamlashdi

© MinsportaNodirbek Abdusattorov i Javoxir Sindarov
Nodirbek Abdusattorov i Javoxir Sindarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2023
Obuna bo‘lish
Ayni kunlarda Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli “Tata Steel Chess-2023” turniri davom etmoqda.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Niderlandiya mezbonlik qilayotgan "Tata Steel Chess-2023" shaxmat musobaqasida o‘zbekistonlik shaxmatchilar peshqadamlikni mustahkamlashdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi ma’lum qildi.
Turnirning “Masters” guruhida 10-tur doirasida Nodirbek Abdusattorov dunyo shaxmat reytingida 2-o‘rinni band qilgan xitoylik Ding Liren bilan durang natija qayd etdi.
Durang natija qayd etgan Abdusattorov 7 ochko bilan peshqadamligini saqlab qoldi. Niderlandiyalik Anish Giri AQSh grossmeysteri Uyesli So bilan durang o‘ynadi va 6,5 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoldi.
“Chellenjer” guruhida 10-turda Javohir Sindarov (2654) ham durang natija qayd etdi. U niderlandiyalik Ervin L’Amiga qarshi qora donalarda o‘ynab, murosa ko‘chasini tanladi. Hozircha Javohir 6,5 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Yangiliklar lentasi
0