Farg‘onadan Qirg‘izistonga mikroavtobus qatnovi qayta tiklandi

© Farg‘ona viloyati Transport boshqarmasi"Farg‘ona – Quvasoy – Qizil-qiya” xalqaro yo‘nalishi
Farg‘ona – Quvasoy – Qizil-qiya” xalqaro yo‘nalishi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2023
Obuna bo‘lish
Yo‘nalish umumiy masofasi 39,5 kmni tashkil etadi. Yo‘lkira narxi 12 ming so‘m etib belgilandi.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Farg‘onadan Qirg‘izistonga mikroavtobus qatnovi qayta tiklandi. Bu haqda Viloyat Transport boshqarmasi xabar berdi.
Aytilishicha, “Farg‘ona – Quvasoy – Qizil-qiya” xalqaro yo‘nalishida mikroavtobus qatnovi qayta tiklandi.
Farg‘ona va Qirg‘izistonning Batken viloyatidagi Qizil-qiya shahri o‘rtasida amalga oshiriladigan mazkur qatnov ikki chegaradosh viloyat o‘rtasidagi bordi-keldi uchun muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
Qirg‘iziston tomonidan “Qizil-qiya PATP”, O‘zbekiston tomonidan esa “Daewoo Trans Servis” MChJ xizmat ko‘rsatuvchi yo‘nalish umumiy masofasi 39,5 kmni tashkil etib, yo‘lkira narxi 12 ming so‘m etib belgilandi.
Mikroavtobuslar Qizil-qiya va Farg‘onadan tongi soat 7:20 da harakat boshlanishi nazarda tutilgan.
Kelgusida aholi talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda bu kabi qatnovlarni ko‘paytirish rejalashtirilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2020-yilgacha mavjud bo‘lgan mazkur qatnov, pandemiya davri cheklovlarida to‘xtab qolgan edi.
Yangiliklar lentasi
0