“Azimut” aviakompaniyasi Sochidan Buxoroga yangi reysni yo‘lga qo‘ydi

© Uzbekistan AirportsAviakompaniya "Azimut" svazala pramim aviasoobsheniyem Sochi i Buxaru
Aviakompaniya Azimut svazala pramim aviasoobsheniyem Sochi i Buxaru - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.01.2023
Obuna bo‘lish
Sochi-Buxoro-Sochi yo‘nalishidagi charter reyslar yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Rossiyaning "Azimut" aviakompaniyasi Sochidan Buxoroga yangi reysni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar qildi.
Aviakompaniyaning Sochidan uchgan samolyoti 30-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:40 da Buxoro aeroportiga kelib qo‘ngan.
© Uzbekistan AirportsAviakompaniya "Azimut" svazala pramim aviasoobsheniyem Sochi i Buxaru
Aviakompaniya Azimut svazala pramim aviasoobsheniyem Sochi i Buxaru - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.01.2023
Aviakompaniya "Azimut" svazala pramim aviasoobsheniyem Sochi i Buxaru
Sochi-Buxoro-Sochi yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslar “Sukhoi Superjet 95” samolyotida haftada bir marta — yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, "Azimut" aviakompaniyasi Mineralnie Vodidan Toshkent, Samarqand, Qarshi, Navoiy, Urganch, Buxoroga muntazam, Farg‘ona va Namanganga esa charter reyslarini amalga oshiradi. Bundan tashqari, Rossiya aviatashuvchisi Toshkent va Samarqandni Moskvaga muntazam qatnovlar bilan bog‘lagan.
Yangiliklar lentasi
0