Iliq, biroq yomg‘irli: O‘zgidromet hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi

© pixabay.com/PublicDomainPicturesDojd burya
Dojd burya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.01.2023
Obuna bo‘lish
Mamlakat hududiga O‘rta yer dengizi hududlaridan nam va deyarli iliq havo massalari kirib kelishi natijasida hafta davomida beqaror ob-havo bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Bugun, 30-yanvar kuni, respublika hududi bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.
31 yanvar kuni mamlakat hududiga O‘rta yer dengizi hududlaridan nam va deyarli iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Buning natijasida respublika bo‘ylab hafta davomida beqaror ob-havo bo‘ladi.
Sinoptiklar prognoziga ko‘ra, 1-fevraldan 3-fevralgacha O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik, asosan yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi. Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida 1-2 fevralda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik 1-2 fevral kunlari kuchli bo‘ladi.
31 yanvar va 1-2 fevral kunlari respublika bo‘ylab ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. 1-2 fevralda Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati hafta davomida meyor atrofida bo‘ladi va kechalari -1...+4 daraja, kunduz kunlari +5...+10 darajani tashkil etadi.
Poytaxtda bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +7...+9 daraja bo‘ladi.
31 yanvar kuni biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0...+2 daraja, kunduzi +7...+9 daraja bo‘ladi.
1-2 fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechalari +2...+5 daraja, kunduz kunlari +5...+10 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0