Bugun Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi - manzil

© Sputnik / Pavel LisisinGazovaya plita
Gazovaya plita - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2023
Obuna bo‘lish
Sergeli va Yangihayot tumani mahallarida ta’mirlash ishlari sababli tabiiy gaz vaqtincha o‘chiriladi.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Bugun Toshkentning Sergeli va Yangihayot tumanlaridagi xonadonlar gaz ta’minotidan vaqtincha uziladi. Bu haqda“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti xabar berdi.
Sergeli va Yangihayot tumani mahallarida ta’mirlash ishlari sababli tabiiy gaz vaqtincha o‘chiriladi.
Sergeli tumani
Xonobodtepa mahallasining Dadaxo‘jayeva ko‘chasidan o‘tgan yer osti D-57 millimetrli o‘rta bosim gaz quvuri metro qurilishi hududidan boshqa xavfsiz joyga ko‘chirilmoqda.
Shu sababli soat 10:00 dan 15:00 ga qadar Xonobod, Xonobodtepa va Xontepa mahallalaridagi jami 580 ta uy xo‘jaliklari hamda hududdagi 15 ta ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Yangihayot tumani
Yangidarxon mahallasi hududidan o‘tgan o‘rta bosim D-76 millimetrli yer usti gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Shu tufayli soat 10:00 dan 17:00 ga qadar mahallada joylashgan Navro‘z ko‘chasi va 4-9 tor Navro‘z ko‘chalaridagi jami 209 ta uy xo‘jaliklar hamda hududdagi 9 ta ulgurji iste’molchilar tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
Yangiliklar lentasi
0