Chavusho‘g‘li: Turkiya Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zolik protokolini ratifikatsiya qilmaydi

© © Foto : Pexels/Aydın KirazTursiya
Tursiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2023
Obuna bo‘lish
Chavusho‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, gap birinchi navbatda Shvetsiyaning arizasi haqida ketmoqda, Finlyandiya esa Anqaraning roziligini olishi mumkin.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Turkiya parlamenti o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zolik protokolini ratifikatsiya qilmaydi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li vengriyalik hamkasbi bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Shvetsiya hukumati tashqi ishlar vazirligi rahbari tashrif bilan bizga keldi. U parlamentda bo‘ldi, partiyalar bilan uchrashdi. U eshitganidek, barcha partiyalar birdek, majburiyatlarni bajarmay turib, protokolni ratifikatsiya qilishning iloji yo‘qligini ta’kidlamoqda. Shunday ekan, hozirgi sharoitda bu hujjatni tasdiqlash haqida gapirishga hojat yo‘q”, - dedi u.
Chavusho‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, gap birinchi navbatda Shvetsiyaning arizasi haqida ketmoqda, Finlyandiya esa Anqaraning roziligini olishi mumkin.

“Lekin NATO ikki davlat jarayoni parallel borishini istaydi. Bu ikki davlat ham shu pozitsiyaga amal qiladi. Agar shaxsiy arizalar bo‘yicha qaror qabul qilinsa, prezidentimiz aytganidek, Finlyandiya arizasiga ijobiy qarashimiz mumkin”, - deydi Turkiya vaziri.

Shvetsiya va Finlyandiya o‘tgan yilning may oyida Ukrainadagi voqealar fonida NATOga a’zo bo‘lishga qaror qilgan. Ularning arizalari Vengriya va Turkiyadan tashqari alyansning 30 ta davlatidan 28 tasida allaqachon ma’qullangan. Anqara qo‘shilishning ratifikatsiya qilinishini Stokgolm va Xelsinki tomonidan mamlakatlar yozda imzolagan uch tomonlama memorandumda qayd etilgan majburiyatlarning bajarilishiga bog‘liq deb hisoblaydi.
Xususan, Turkiya Shvetsiya va Finlyandiyadan Kurdiston ishchilar partiyasini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishni va turk rasmiylari terrorizmga aloqador deb hisoblagan faollarni topshirishni talab qilmoqda.
So‘nggi haftalarda Anqara va Stokgolm o‘rtasidagi munosabatlar jarayoni Shvetsiyada Turkiyaga qarshi amalga oshirilgan harakatlar, jumladan, Qur’onning yoqib yuborilishi tufayli yanada murakkablashdi. Buning ortidan Shvetsiyaning NATOga kirish jarayoni vaqtincha to‘xtatildi. Biroq turk rasmiylarining Finlyandiyadan shikoyati yo‘q. Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto mamlakat protsedurani Shvetsiyadan alohida davom ettirishi mumkinligini tan oldi, ammo keyin so‘zidan qaytdi. Anqarada Xelsinkidan alohida ariza berish uchun taklif olinmaganligi ma’lum qilindi.
Yangiliklar lentasi
0