Fevral oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

© Sputnik/Zafar XalilovTashkentskaya telebashnya osenyu.
Tashkentskaya telebashnya osenyu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2023
Obuna bo‘lish
Yanvar oyining oxirgi kunlarida sovuq asta-sekin chekindi. Ushbu tendensiya fevral oyining boshida ham saqlanib turadi.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. O‘zgidromet O‘zbekiston hududlarida fevral oyida ob-havo qanday bo‘lishini ma’lum qildi.
Yanvar oyining oxirgi kunlarida sovuq asta-sekin chekindi. Sinoptiklar prognoziga ko‘ra, bu tendensiya fevral oyining boshida ham saqlanib turadi. Respublika hududiga O‘rtayer dengizi hududlaridan nam va nisbatan iliq havo kirib keladi.
Fevral oyining birinchi o‘n kunligida harorat asosan kechalari +0...+5 daraja, ba’zi joylarda -2 darajagacha, kunduz kunlari +3...+8 daraja, ba’zi joylarda esa +10...+12 darajagacha bo‘ladi. Shimolda kechalari -3...-8 daraja, kunduz kunlari +2...+7 daraja atrofida bo‘ladi.

“O‘n kunlik nisbatan yog‘ingarchilikka boy bo‘ladi. Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha vaqti-vaqti bilan asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi”, - deyiladi xabarda.

Keyinchalik, fevral oyining oxirigacha harorat kechalari +2...+7 darajadan +0...-5 darajagacha, kunduz kunlari +2...+7 darajadan +12...+17 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.
Ayrim kunlarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qor va yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.
Avvalroq O‘zgidromet 31-yanvar va 1-2 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishidan ogohlantirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0