O‘zbekiston 2022-yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb topildi

© Twitter / EuropeEchecsO‘zbekiston 2022-yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb topildi
O‘zbekiston 2022-yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb topildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga Yevropaning shaxmat sovrinini fransiyalik mashhur grossmeyster topshirgan.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. O‘zbekiston 2022-yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb topildi, deb xabar berdi mamlakat shaxmat fedaratsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik shaxmatchilarning so‘nggi bir yil davomida xalqaro maydonlardagi sensatsion g‘alabalari ortidan O‘zbekistot yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb e’tirof etilgan.
Niderlandiyadagi xalqaro turnir yakunida Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov yilning eng yaxshi shaxmat mamlakatiga topshiriladigan “Tour D'or” – “Oltin minora” sovrinini qabul qilib olishdi.
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga Yevropaning shaxmat sovrinini fransiyalik mashhur grossmeyster Bashar Kuatli topshirgan.
Eslatib o‘tamiz, Niderlandiyada bo‘lib o‘tgan "Tata Steel Chess-2023" xalqaro musobaqasining "Masters" guruhida Nodirbek Abdusattorov 2-o‘rinni, "Challengers" guruhida esa Javohir Sindorov 3-o‘rinni egalladi. Bundan tashqari, 2022-yilda Hindistonda o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston chempion unvoniga sazovor bo‘lgandi.
Yangiliklar lentasi
0