O‘zbekiston Rossiya bilan transafg‘on yo‘lagidan foydalanishni muhokama qilmoqda

© Sputnik / Yevgeniy YepanchinsevTovarnie poyezda s uglem
Tovarnie poyezda s uglem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2023
Obuna bo‘lish
Uchrashuv ishtirokchilari 2023-yilda yangi transport-tranzit yo‘laklarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishni davom ettirishga kelishib oldi.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya transport idoralari Afg‘oniston orqali Janubi-Sharqiy va Janubiy Osiyo mamlakatlariga muqobil transport yo‘lagidan foydalanishni muhokama qilmoqda, deya yozadi RIA Novosti O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmatiga tayangan holda.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston va Rossiya transport idoralari vakillari Toshkentda xalqaro yuk tashish hajmini oshirish uchun yangi logistika transport yo‘laklarini shakllantirish variantlarini muhokama qilgan.

“Tomonlar Rossiya Federatsiyasini Janubi-Sharqiy va Janubiy Osiyo bilan bog‘laydigan “Rossiya-Qozog‘iston-O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston” muqobil multimodal transport-tranzit yo‘lagi salohiyati yuzasidan fikr almashdi”, - deyiladi xabarda.

Uchrashuv ishtirokchilari 2023-yilda yangi transport-tranzit yo‘laklarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishni davom ettirishga kelishib oldi, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirishning keyingi yo‘llarini belgilab oldi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Rossiya transport vazirligining “Xalqaro transport yo‘laklari direksiyasi” avtonom notijorat tashkiloti va O‘zbekiston idorasi qoshidagi transport va logistika rivoji muammolarini o‘rganish markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.
Yangiliklar lentasi
0