O‘zgidromet shoshilinch axborot bilan chiqdi

© Pexels/JACK REDGATELuja ot dojdya
Luja ot dojdya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2023
Obuna bo‘lish
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida kuchli yog‘ingarchilik kutilmoqda.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. 31-yanvar va 1-2 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga O‘rtayer dengizi hududlaridan nam va nisbatan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
31 yanvar va 1-2 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
1-2 fevralda Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
31 yanvar va 1-2 fevralda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik, asosan yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi, shuningdek, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida 1-2 fevral kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuchli bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0