Bugun ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

© Sputnik / Aleksandr KrajevOsen, arxivnoe foto
Osen, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2023
Obuna bo‘lish
Bugun respublikaning ayrim hududlarida kuchli yomg‘ir va shamol bo‘lishiga qaramay, havo harorati +14 darajagacha bo‘ladi.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida ba’zida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat +5...+10 daraja bo‘ladi, ba’zi joylarda +12...+14 darajagacha bo‘ladi.
Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +9...+11 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +2...+7 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0