Ikkinchi fevraldan “gaz zapravka”lar bosqichma-bosqich ochiladi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishZapravochnaya kolonka na avtomobilnoy gazonapolnitelnoy kompressornoy stansii, arxivnoe foto
Zapravochnaya kolonka na avtomobilnoy gazonapolnitelnoy kompressornoy stansii, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2023
Obuna bo‘lish
AGTKShlarning faoliyat yuritish vaqti hududlar sharoitidan kelib chiqqan holda mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan tarzda amalga oshiriladi.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Ertaga, 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) lar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi. Bu haqda energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, mahalliy hokimliklar tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat asosida AGTKShlar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.

“AGTKShlarning faoliyat yuritish vaqti hududlar sharoitidan kelib chiqqan holda mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan tarzda amalga oshiriladi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, AGTKShlar faoliyatidagi vaqt cheklovlari gaz quvurlarida bosimning ko‘tarilib borishiga mos ravishda o‘zgartirib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, 12-yanvar kuni O‘zbekistonda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati anomal sovuq ob-havo tufayli vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0