Humoyun Bekmurodov onlayn turnirda uchinchi o‘rinni egalladi

© Foto: Federatsiya shaxmat UzbekistanaXumoyun Bekmurodov
Xumoyun Bekmurodov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2023
Obuna bo‘lish
Kuni kecha Chess.com da dunyo miqyosida 576 nafar kuchli shaxmatchi o‘rtasida “Titled Tuesday” onlayn turniri bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik Humoyun Bekmurodov dunyoning 576 nafar kuchli shaxmatchilar orasida 3-o‘rinni egalladi. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ma’lum qildi.
Kuni kecha Chess.com da dunyo miqyosida 576 nafar kuchli shaxmatchi o‘rtasida “Titled Tuesday” onlayn turniri bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan Bekmurodov 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
© Alisher Sadullayev Humoyun Begmuratov
Humoyun Begmuratov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2023
Humoyun Begmuratov
Ma’lumot uchun, Humoyun 6 yoshidayoq shaxmat bo‘yicha avvaliga mamlakat, so‘ngra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan.
2020 yilda Humoyun shaxmat bo‘yicha havaskorlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatida g‘olib chiqdi va “Spark” avtomashinasi bilan taqdirlandi.
U o‘tgan yil fevralida Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) sport ustasi unvoniga sazovor bo‘lgan.
© Foto: Federatsiya shaxmat UzbekistanaXumoyun Bekmurodov
Xumoyun Bekmurodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2023
Xumoyun Bekmurodov
Shuningdek, u Gretsiyadagi shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Open12" guruhida ham rapid, ham blis bo‘yicha kumush medal sohibiga aylangan.
Bu yil rapid va blis bo‘yicha Olmaotada (Qozog‘iston) bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Bekmurodov hammani hayratga soldi. U Uels vakili Elijah Everettga qarshi o‘yinda chiroyli g‘alabasi bilan yakun yasashga muvaffaq bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0