Ra’no Shodiyeva Hindistonda “Eng yaxshi ayol obrazi” mukofotini oldi – video

© Kinematografiya agentligiRa’no Shodiyeva
Ra’no Shodiyeva  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2023
Obuna bo‘lish
Mumbay shahrida ShHTga a’zo davlatlarning badiiy va televizion filmlari festivali g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik aktrisa Ra’no Shodiyeva Hindistonda o‘tkazilgan festivalda “Eng yaxshi ayol obrazi” mukofotini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Shodiyeva Hindistonning Mumbay shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zo davlatlarning badiiy va televizion filmlari festivali (NFDC)ning “Eng yaxshi ayol obrazi” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Ayol qismati” filmi real voqeliklarga asoslangan.
Kinokartinada “Mehr” operatsiyasi doirasida Suriyadan olib chiqilgan ayollardan birining ayanchli taqdiri Sojida timsolida juda ta’sirli tarzda yoritilgan.

“Buni kichkina mehnat deya olmayman. Bu butun guruhimiz va O‘zbekistonning yutug‘i. Chunki 8 ta sovrindan 1 tasini birini biz olib ketmoqdamiz”, - deydi aktrisa.

“Ayol qismati” filmining ssenariy mualliflari Dilmurod Masaidov hamda Sardor Hamroyev, postanovkachi rejissor Dilmurod Masaidov, postanovkachi operator Husan Aliyev, produser Mahmud Erkaboyev, liboslar bo‘yicha rassom Sevara Zunnunova, kartina direktori Azizbek Azatbayev.
Yangiliklar lentasi
0