Eng yangi T-90M "Proriv" tanklari o‘q otish mashqini o‘tkazdi - MV videosi

Obuna bo‘lish
Mashg‘ulotlar davomida tanklar 5 km masofada joylashgan nishonlar - zirhli texnikaga 25 mmli to‘pdan zarba bergan.
TOShKENT, 3 fev - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi eng yangi T-90M "Proriv" (O‘piruvchi) tanklaridan o‘q otish mashqi videosini e’lon qildi.
Leningrad viloyatidagi poligonda bir nechta tank parallel kurslarda harakatlanib nishonga 125 millimetrli to‘plardan o‘q uzayotgani ko‘rsatilgan. O‘q otish G‘arbiy harbiy okrugning tank bo‘linmalarining harbiy xizmatchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Otishma davomida tanklar besh kilometrgacha bo‘lgan masofadagi nishonlarni yo‘q qilgan. Nishonlar - dushmanning zirhli texnikasi, askarlari va samolyotlaridan iborat bo‘lgan. Shuningdek, poligonda tankchilar tabiiy va sun’iy to‘siqlarni yengib o‘tish mashqlarini ham bajargan.
T-90M "Proriv" - T-90 tanklarining modernizatsiya qilingan versiyasidir. U kuchaytirilgan himoya, yangi jangovar minora moduli, yuqori avtomatlashtirilgan raqamli boshqarish tizimi, turli xil nishonga olish tizimlari hamda klimat-kontrol bilan jihozlangan.
Yangiliklar lentasi
0