Inson miyasi kuchlimi yoki zamonaviy kompyuter - olim fikri

Obuna bo‘lish
Inson miyasi kuchlimi yoki zamonaviy kompyuter tarmoqlari? Inson miyasida qancha asab hujayralari bor? Kelajakda kompyuter insondan o‘zib ketishi mumkinmi? Ushbu va boshqa savollarga javob maqolamizda.
TOShKENT, 3 fev - Sputnik. Inson miyasida har qanday zamonaviy kompyuterdan ko‘proq elementlar bor, hatto butun dunyodagi kompyuter tarmoqlaridan ham ko‘p, deydi Qrim Federal universiteti Psixiologiya va psixofiziologiya kafedrasi rahbari Vladimir Pavlenko.
Inson miyasida 200 milliard neyronlar bor va ularning har biri boshqa neyronlar bilan 10 mingga yaqin sinops-hujayralari bilan bog‘langan. Agar solishtiradigan bo‘lsak, 200 milliard neyron - bu galaktikadagi yulduzlar soni bilan teng, sinopslar bilan birga hisoblaydigan bo‘lsak, bu raqam biz bilgan koinotdagi barcha yulduzlardan ham ko‘p bo‘ladi.
Shu sababli ham inson miyasi hozircha har qanday sun’iy kompyuter neyron tarmog‘idan ko‘ra murakkabroq.
Ikkinchi tomondan, inson miyasi – bu evolyutsiya mahsulidir. Miyamizning katta qismi harakatlarni boshqarish, yegulik topish, o‘ziga hamroq topish uchun javob beradi. Aytish joizki, neandartal odam miyasi zamonaviy odamnikidan kattaroq bo‘lgan, chunki uning hayoti murakkab bo‘lgan.
Hozir esa aksariyat odamlarning hayoti yengillashmoqda va ehtimol shuning uchun ham zamonaviy insonlar miyasi kichraymoqda. Lekin hozir miyani rivojlantirish imkoniyati avvalgiga qaraganda ko‘proq.
Zamonaviy inson o‘z miyasini rivojlantirish uchun kompyuterdan, internetdan foydalanishi mumkin. Men o‘z talabalik davrimni eslayman. U vaqtlar biror zamonaviy ilmiy maqolani topish uchun juda ko‘p harakat qilish kerak edi. Hozir esa, men 15 soniya ichida har qanday maqolani topib, uni istalgan tildan avtomatik ravishda tarjima qilib o‘qiy olaman. Shuning uchun ham bugungi kunda inson o‘z miyasini rivojlantirishi uchun imkon juda keng.
Ehtimol, shu sababli ham bugungi kunda insonlarda miya rivojlanish darajasi ham juda farq qilmoqda. Kimgadir yashash osonlashdi kimgadir aksincha murakkablashdi.
Xulosa shuki, hozircha inson miyasi har qanday sun’iy neyron tarmoqlardan ustun. Olimlar va faylasuflar 20-asrning o‘rtalaridan boshlab inson ongi mashinalar raqobati haqida o‘ylay boshlagan edi. Ayrimlar sun’iy intellektni cheklash tarafdori bo‘lgan edi. Yozuvchi Ayzek Azimov esa robototexnikaning mashhur 3 ta qonunini o‘ylab topgan edi. Bular sun’iy ong rivojlanishini inson uchun xavfsiz qilishga qaratilgan.
Yangiliklar lentasi
0