Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 3-fevralning asosiy voqealari

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashiy VS RF sovershayet vistrel iz perenosnogo zenitnogo raketnogo kompleksa "Igla" po pozitsiyam VSU v yujnom sektore SVO.
Voyennoslujashiy VS RF sovershayet vistrel iz perenosnogo zenitnogo raketnogo kompleksa Igla po pozitsiyam VSU v yujnom sektore SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanmalar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 3 fev - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida Xarkov viloyati Tabayevka, Berestovoe va LXRning Novoselovskoe aholi punktlari hududida UQKning 103-hududiy mudofaa brigadasi va 92-mexanizatsiyalashgan brigadasi bo‘linmalari askarlari va texnikasiniga artilleriya va aviatsiya zarbalari berildi. Natijada 40 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, zirhli jangovar mashina va AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-50 artilleriyaga qarshi radari yo‘q qilindi.
Shuningdek, Xarkov viloyatining Blagodatovka tumanida UQKning artilleriya o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
Krasno-Limansk yo‘nalishida LXRning Nevskoe, DXRning Yampolovka aholi punktlari, shuningdek Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligi hududida UQKning 66-mexanizatsiyalashgan, 25-havo-desant va 80-havo-desant brigadalari "Markaz" qo‘shinlari guruhining artilleriya o‘qlari va hujumkor harakatlari natijasida 70 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, piyoda askarlarning jangovar mashinasi, D-20 gaubitsasi va AQShda ishlab chiqarilgan M-777 artilleriya tizimi yo‘q qilindi.
Bundan tashqari, DXRning Krasniy Liman aholi punkti yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida "Janubiy" qo‘shinlar guruhining bo‘linmalari hujum natijasida yanada qulay pozitsiyalarni egalladi. Kun davomida bu yo‘nalishda 40 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, MSTA-B gaubitsasi, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-37 batareyaga qarshi radari yo‘q qilindi.
DXRning Krasnoarmeysk aholi punkti yaqinida UQKning harbiy texnikasi saqlanadigan yoqilg‘i ombori yo‘q qilindi. Bundan tashqari, DXRning Kuraxovka va Mixaylovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining ikkita o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
Zaporojye yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi artilleriya va hujumkor harakatlar natijasida Zaporoje viloyatining Levadne, Marfopol va Lugovskoe aholi punktlari hududlarida 108 va 110-hududiy mudofaa brigadalari bo‘linmalarini mag‘lub etdi. Dushmanning ushbu hududdagi yo‘qotishlari kuniga 20 dan ortiq harbiy xizmatchi, AQShda ishlab chiqarilgan M-777 artilleriya tizimi, ikkita D-20 gaubitsasi va D-30 gaubitsani tashkil etdi.
Xerson yo‘nalishida, artilleriyaga qarshi jangda, kun davomida quyidagilar yo‘q qilindi: "Akatsiya" o‘ziyurar gaubitsasi va ikkita "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasi. Xerson viloyatining Antonovka aholi punkti hududida AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS ko‘p raketa tizimi yo‘q qilindi.
Bundan tashqari, Xerson viloyatining Kazaskoe, Nikolayevka va Mixaylovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining o‘q-dorilari saqlanadigan uchta omborga zarba berildi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi 103 hududda UQKning 86 ta artilleriya bo‘linmalarini o‘q otish pozitsiyalarida, shaxsiy tarkibi va texnikaci bilan mag‘lub etdi.
DXRning Krasnoarmeysk aholi punkti hududida "Tochka-U" taktik raketa tashuvchisi va Norvegiyada ishlab chiqarilgan NASAMS zenit-raketa majmuasi yo‘q qilindi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyotlari Xerson viloyati Chervonoarmeiskoe qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining MiG-29 samolyotini urib tushirdi.
Kun davomida havo hujumidan mudofaa tizimlari Xarkov viloyatining Kotlyarovka, DXRning Nikolskoe, Kirillovka, LXRning Kuzemovka, Kremennaya, shuningdek, Xerson viloyati Golaya Pristan aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 7ta uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina yo‘qotishlari jami 382 ta samolyot, 206 ta vertolot, 3008 ta uchuvchisiz apparat, 403 ta zenit-raketa tizimi, 7723 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1004 ta ko‘p martalik jangovar mashinalar raketa tizimlari, 3988 ta dala artilleriya va minomotlari, shuningdek, 8255 dona maxsus harbiy mashinalarni tashkil qildi.
Yangiliklar lentasi
0