JSST: Maymun chechagini yuqtirganlar soni oshishda davom etmoqda

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishLechenie bolnix s COVID-19
Lechenie bolnix s COVID-19    - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2023
Obuna bo‘lish
JSST: Dunyoda maymun chechagini yuqtirganlar soni 85 ming nafardan oshdi.
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Dunyoda maymun chechagini yuqtirganlar soni 85 ming nafardan oshdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga tayanib Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga ko‘ra, 2022-yil boshidan shu kungacha 110 ta mamlakatda yashovchi 85,5 ming kishida mpox (maymun chechagi) virusi qayd etildi. Ulardan 89 nafari xastalik oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.
Tahlillarga ko‘ra, shu yil yanvar oyining birinchi yarmida 716 ta yangi kasallanish holati va 9 ta o‘lim ko‘rsatkichi aniqlangan. 23-29 yanvar oralig‘ida esa bemorlar soni 403 nafarga ortgan va bu undan avvalgi haftaga nisbatan 109 ta ko‘p ko‘rsatkichdir.
2022 yil boshidan eng ko‘p bemorlar aniqlangan davlatlar:
AQSh — 29 891,
Braziliya — 10 739,
Ispaniya — 7 518,
Fransiya — 4 128,
Kolumbiya — 4 066,
Meksika — 3 768,
Buyuk Britaniya — 3 735,
Peru — 3 723,
Germaniya — 3 692,
Kanada — 1 460 nafar.
Mazkur davrda 13 ta mamlakatda o‘sish dinamikasi kuzatilgan. Ular orasida Meksika yetakchilik qildi.
Yangiliklar lentasi
0