Kiyevda Zelenskiyning tez orada iste’foga chiqishi haqida gapira boshlashdi

© © AP Photo / Andrew KravchenkoVladimir Zelenskiy
Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2023
Obuna bo‘lish
Kuchmaning sobiq maslahatchisi Soskin, Bayden lavozimidan chetlatilganidan keyin Zelenskiy iste’foga chiqishini bashorat qildi.
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyda AQSh Demokratik partiyasi va Oq uy rahbari Jo Bayden pozitsiyalari sezilarli darajada zaiflashgani sababli iste’foga chiqish havfi mavjud. Bu haqda Leonid Kuchmaning sobiq maslahatchisi Oleg Soskin ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Ekspertning fikricha, Amerika prezidentining ruhiy va jismoniy salomatligi kundan-kunga yomonlashmoqda. Bundan tashqari, uning o‘g‘li Xanter davlat rahbari va uning fraksiyasi obro‘siga putur yetkazuvchi korrupsiya mojarolari botqog‘iga botgan.
Uning qayd etishicha respublikachilar partiyasining norasmiy yetakchisi Donald Tramp, aksincha, asta-sekin obro‘ga ega bo‘lib, Bayden vakillarini Kongressdan siqib chiqarmoqda, bu esa AQShda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda hokimiyat tepasiga kelishga yo‘l ochmoqda.
Yanvar oyida Tramp Ukrainadagi mojaro bo‘yicha o‘z pozitsiyasini e’lon qildi: u Ukraina Qurolli kuchlariga qurol-yarog‘ yetkazib berilishiga qarshi chiqdi va Amerika rahbariyatining sa’y-harakatlarini Rossiya bilan qarama-qarshilikni tugatish uchun diplomatik maydonga jamlashni taklif qildi, deb esladi Soskin.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bu respublikachilar saylovda muvaffaqiyat qozonsa, qo‘llab-quvvatlashdan mahrum bo‘lishi mumkin bo‘lgan hozirgi Ukraina rasmiylari uchun xavotirli alomatdir.
"Zelenskiy aslida tuzoqqa tushib qolgan. Va (Andrey. - tahr.) Yermak, u va butun guruh. Qopqon tashqi va ichki tomondan siqilmoqda. Zelenskiyga hech narsa yordam bermaydi”, dedi u.
Ekspert agar u o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqishga rozi bo‘lmasa, Ukraina rahbariga nisbatan tez orada impichment jarayoni boshlanishi mumkinligiga ishonchi komilligini qo‘shimcha qildi.
Yangiliklar lentasi
0