Senat va BAA Federal milliy kengashi memorandum imzoladi – hamkorlik rejalari

© Senat Oliy MajlisaTanzila Narbayeva
Tanzila Narbayeva  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2023
Obuna bo‘lish
Senat raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiyaning BAA Federal milliy kengashi Raisi Saqr G‘obash bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Oliy Majlis Senati va BAA Federal milliy kengashi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda Senatning axborot xizmati xabar berdi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiyaning BAA Federal milliy kengashi Raisi Saqr G‘obash bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
© Senat Oliy MajlisaTanzila Narbayeva
Tanzila Narbayeva  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2023
Tanzila Narbayeva
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va BAA parlamentlari o‘rtasidagi munosabatlar izchilligini ta’minlash, xususan, qonun ijodkorligi va parlament nazorati yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, gender tenglik va yoshlar masalalari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish maqsadga muvofiq ekanligi bildirildi.
© Senat Oliy MajlisaTanzila Narbayeva
Tanzila Narbayeva  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2023
Tanzila Narbayeva
Tanzila Narbayeva o‘z so‘zida Amirliklar parlamenti bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va “xalq diplomatiyasi”ning muhim jihati hisoblangan “do‘stlik guruhlari” faoliyatini jonlantirish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
© Senat Oliy MajlisaTanzila Narbayeva
Tanzila Narbayeva  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2023
Tanzila Narbayeva
Suhbat davomida Oliy Majlis Senati Federal milliy kengashi bilan oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, tegishli qo‘mitalar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, elektron parlament joriy etishda tajriba almashish kabi masalalar bo‘yicha kelishib olindi.
© Senat Oliy MajlisaTanzila Narbayeva
Tanzila Narbayeva  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2023
Tanzila Narbayeva
Yangiliklar lentasi
0