Rossiyaliklar qo‘shni davlatlarga chiqish bo‘yicha 5-yillik rekordni yangiladi

© Depositphotos.com / BiancoBlueDevushka s chemodanom v zale ojidaniya aeroporta
Devushka s chemodanom v zale ojidaniya aeroporta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2023
Obuna bo‘lish
2022 yilda rossiyaliklar MDH va boshqa qo‘shni davlatlarga qariyb 8,4 mln marta tashrif buyurgan, bu 2021-yilga nisbatan 4,7 mlnga ko‘p.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Ruslar qo‘shni davlatlarga chiqish bo‘yicha 5-yillik rekordni yangiladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.
2022 yilda rossiyaliklar MDH va boshqa qo‘shni davlatlarga qariyb 8,4 mln marta tashrif buyurgan, bu 2021-yilga nisbatan 4,7 mlnga ko‘p.
Eng mashhur yo‘nalishlar: Mo‘g‘uliston (2021 yilga nisbatan o‘sish 989%), Gruziya (o‘sish 475%), Qozog‘iston (234%), Tojikiston (212%) va O‘zbekiston (99%).
Yaqin xorij mamlakatlari orasida boshqa davlatlar bilan solishtirganda talab eng kam o‘sgan yo‘nalish Latviya bo‘lgan – 0,1 foizga o‘sish.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston ruslar uchun MDH mamlakatlari orasida Yangi yil bayramlari uchun eng mashhur sayyohlik maskanlaridan biriga aylangan edi.
Yangiliklar lentasi
0