2018 yil 22-iyun kuni fuqaro N.T. Samarqand viloyat DXX boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, 03.06.2018 yilda Kattaqo‘rg‘on shahar IIB tezkor vakili S.Umarov va boshqalar uni shahar IIB binosida haqorat qilib, yechintirishga majbur qilishganligini bildirgan.

Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, 03.06.2018 yil soat 10:00 larda fuqaro N.T. Kattaqo‘rg‘on shahrining "Dehqon bozori"da bo‘lgan vaqtida shahar IIB xodimlari uni o‘g‘rilik qilganlikda gumon qilib, shahar IIB ma’muriy binosiga olib kelishganligi aniqlangan.

Shahar IIB tezkor vakili S.Umarov unga o‘g‘rilik qilish maqsadida bozorga kelganligini aytib, uni haqorat qilgan. So‘ng IIB ma’muriy binosining koridorida N.T. ning egnidagi barcha kiyimlarini yechishga majbur qilib, bu holatni o‘zi videotasvirga olgan.

2018 yil 4-iyul kuni Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan Kattako‘rg‘on shahar IIB tezkor vakili S.Umarovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda S.Umarov ushlangan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Uzbekskie militsioneri vozle doma - Sputnik O‘zbekiston
Maqola
Davrda
yana 20 ta material
  • Haftada
  • Oyda
  • Yilda
  • Hamma vaqt uchun
Yangiliklar lentasi
0