Do‘ppi kiygan terrorchilar yoki IDning ini qayerda

© FacebookEkspert Rossiyskogo instituta strategicheskix issledovaniy Igor Nikolaychuk
Ekspert Rossiyskogo instituta strategicheskix issledovaniy Igor Nikolaychuk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon terrorizmi Markaziy Osiyoga in qurib olgani haqidagi gap-so‘zlarga ishonish mumkinmi? Bu haqda Sputnik O‘zbekiston eksperti mushohada yuritadi

Igor Nikolaychuk, siyosatshunos, mediaekspert — Sputnik uchun maxsus

Keyingi vaqtda Rossiya va xorij OAVlarida Markaziy Osiyo mamlakatlarini terrorizm balosini tarqatuvchi, bu illat mehnat migrantlari qiyofasida butun dunyoga va birinchi o‘rinda Rossiyaga tarqalayotgani haqida yozish modaga aylanmoqda. Buning ustiga ana shu Markaziy osiyolik terrorchilarni shusiz ham yaxshigina reklama qilingan ID tashkilotiga albatta aloqador etib ko‘rsatishmoqda.

Toliban vakillari - Sputnik O‘zbekiston
IShID Afg‘onistonda yashirin kuch to‘plamoqda

Menimcha, bu haqiqiy vaziyatga mutlaqo mos kelmaydi. Keling, nima uchunligini mushohada qilib ko‘ramiz.

IShIDdan boshlay qolaylik. Morfologik jihatdan ushbu tashkilotga anchagina sifatli nom tanlangan. Ammo tipologik jihatdan, ya’ni IShIDning batafsil tuzilmasi bayoni mavjud emas —u yo tarmoqlangan davlat yoki davlatsimon tarmoq. Lekin bir narsa aniq — uning jangarilari asosini Iroq va ushbu mintaqadagi davlatlar aholisi tashkil etadi. Rahbarlarining puli anchagina yetarli. Ular pulni qayerdan olishlari noma’lum, lekin pullari bor! Bu pullarga ular jangari yollashadi.

Yaqindagina Rossiya prezidenti Vladimir Putin IShID safida Markaziy Osiyodan "besh ming" nafar jangari borligini aytdi (bizningcha Afg‘oniston ham inobatga olingan). Lekin ular hudkush-terrorchilar emas, ular o‘z jonlarining qadriga yetadigan professionallar. Ulardan katta tahdid kutish mumkin, lekin faqat ular ishsiz qolishganida — uylariga qaytib vaziyatni izdan chiqarishlari mumkin. Boshqacha aytganda, diniy ahkomlarni o‘rnatish bahonasida aholini talashlari mumkin. Lekin shahid belbog‘ini taqishlariga ishonish qiyin.

Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov Suriyaga berilgan aviazarbalar haqida: ular sharmanda bo‘lishadi

Darvoqe, yaqindagina Donald Tramp Iordaniya qiroli Abdallo II bilan Oq Uyda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ittifoqchilari bilan birgalikda "Islom davlati"ni yo‘q qilib tashlashga katta va’da berdi. Bundan bir yarim yil ilgari Qo‘shma Shtatlarning avvalgi prezidenti Barak Obama ham xuddi shunday deb ta’kidlagandi. Kongressmenlarning u insoniyat uchun bunday foydali loyihani qanday amalga oshirishi mumkinligi haqidagi savolga Obama qadimgi rimliklardek ochiqchasiga: "Bilmayman. Pentagonga bizga g‘alaba keltiruvchi strategiyani ishlab chiqish topshirig‘ini berdim. Harbiylarga ushbu rejani ishlab chiqish uchun bir yil muhlat berdim. Ular rejani ko‘rsatishlari bilan men bu haqda Kongressni xabardor qilaman!" deb javob qaytargandi.

Reja esa, tushunishimizcha, haligacha yo‘q, Donald Fred Tramp esa dastlab terrorchilarni emas, balki Suriya hukumat qo‘shinlarini yo‘q qilishga qaror qildi. Shunday ekan, yollanma jangarilar hali-beri uylariga qaytishmaydi.

To‘g‘ri, Milliy antiterror qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bortnikovning bayonoticha: "Olingan ma’lumotlar tahlili natijalariga ko‘ra, terrorchilik guruhlarining asosini Rossiyaga mehnat migratsiyasi oqimida kelgan MDH fuqarolari tashkil etadi. Rossiyaga kelgach, bu shaxslar migrantlar orasida faol targ‘ibot olib borib, terakt ijrochilariga aylantirishadi".

Bu yerda, yumshoq qilib aytadigan bo‘lsak, oshirib yuborilgan. Terrorchilik guruhlari yoki IShID — bularning orasida farq bor. IShID Rossiya hududida amalga oshirilgan terrorchilik harakatini faqatgina 2015-yil 29-dekabrda ilk marta o‘z zimmasiga olgan. O‘shanda bir guruh terrorchilar Derbentda turistlarni avtomatdan o‘qqa tutishgandi. Buning oqibatida bir kishi halok bo‘lgan va 11 kishi jarohatlangandi. Terakt uchun javobgarlikni IShID rahbariyati zimmasiga oldi. Hattoki bu rostdan ham "Islom davlati fuqarolari"ning ishi bo‘lsa-da, Dog‘istonga tish-tirnog‘igacha qurollangan migrantlarning kirib kelishganini tasavvur qilishning imkoni yo‘q.

O‘z-o‘zidan kelib chiqadiki, bu mahalliy terrorchilarning ishi bo‘lgan.

Rassmotrenie xodataystva sledstviya ob areste predpolagayemix souchastnikov terakta v metro Sankt-Peterburga - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik ayol Peterburg metrosidagi portlashda gumonlanib hibsga olindi

Nihoyat, Peterburg metrosida 3-aprel kuni terakt sodir etgan yana bir mashhur "Qirg‘izistonda tug‘ilgan, Rossiya fuqarosi, etnik o‘zbek" Akbarjon Jalilov haqida. Tergov ishlari hali tugagani yo‘q, lekin jurnalistlar uning IShIDning "uxlayotgan bo‘g‘ini" a’zosi bo‘lishi mumkinligi haqida bong ura boshlashdi.

Tergov hamda uning sheriklari ustidan sud yakunlanishini kutamiz. Lekin tarixning ko‘rsatishicha, yillar davomida o‘limini kutishga shay ruhan tayyorlangan hudkushlarga ega "uxlayotgan bo‘g‘inlar" dohiyona "miya"ga ega bo‘lgan o‘ta jiddiy va professional tashkilotlargagina xosdir. IShIDga esa bunday deb qarash qiyin.

Darvoqe, Jalilov hozircha butun Rossiya imperiyasi, SSSR va Rossiya Federatsiyasi tarixidagi Markaziy Osiyo bilan bog‘lash mumkin bo‘lgan yagona hudkush terrorchidir.

Ehtimol, Bortnikov migrantlarni Rossiyada IShID safiga jalb qilish, ya’ni ularni yollanma qotilga aylantirish osonligini nazarda tutgandir? Bu esa haqiqatga yaqin. Migrantlarga pul kerak. Ular pul topish uchun kelishadi. Rossiyada ular ustidan nazorat o‘z vatanlaridagichalik kuchli emas. Lekin bu butunlay boshqa masala.

Yana Qirg‘izistondagi diniy maydon xususiyatlari haqida ko‘p yozishadi — u yerda madrasalar ko‘p, shuning uchun islom dini keng targ‘ib qilinadi. Ehtimol, ekstremistik qarashlar ham.

Polzovatel za rabotoy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonliklar o‘z vatandoshlarining terrorchi ekanliklariga ishonmaydilar

Amerikaning Bulan-instituti ma’lumotiga qaraganda, aholisi 30 milliondan ortiq bo‘lgan O‘zbekistonda bitta islom universiteti va to‘qqizta madrasa faoliyat ko‘rsatadi. Aholisi atigi 6 million bo‘lgan kichkinagina Qirg‘izistonda esa 112ta diniy ta’lim muassasasi, xususan, 102 madrasa bor. Institutning qayd etishicha, bu muassasalarga xususiy tadbirkorlar, xorij fondlari homiylik qiladi, Qirg‘iziston hukumati esa "o‘quv kurslari" mazmunini nazorat qilishdan chekinib olgan. Qo‘shni mamlakatlarda esa mazkur soha davlat tomonidan nazorat qilinadi.

Keling, nihoyat Markaziy Osiyo mamlakatlarining terrorizm bilan "zararlanish reytingi"ni ko‘rib chiqamiz. 2016-yil oxirida Amerikaning iqtisodiyot va tinchlik instituti 2015-yilgi global terrorizm yillik indeksini e’lon qildi. Qayd etish kerakki, IShID 2015-yilda eng xavfli guruh bo‘lgan: ular dunyoning 11 mamlakatida 6141 kishining o‘limiga javobgarlikni o‘z zimmalariga olishgan.

Shunday qilib, reytingning birinchi o‘rnini Iroq egallagan. Rossiya ushbu ro‘yxatda 30-o‘rinda. Fransiya, Buyuk Britaniya, AQSh ham shu atrofda. Endi esa Markaziy Osiyo: Tojikiston — 56-o‘rin, Qirg‘iziston — 84-, Qozog‘iston — 94-, O‘zbekiston — 117-o‘rindan joy olgan. Turkmaniston esa terrorizm balosidan xoli bir necha davlatlar safiga kirgan.

Yangiliklar lentasi
0