Markaziy Osiyo – farovonlik yo‘lidagi hamkorlik

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMejdunarodnaya konferensiya "Sentralnaya Aziya: odno proshloe i obshee budushee, sotrudnichestvo radi ustoychivogo razvitiya i vzaimnogo prosvetaniya" v Samarkande
Mejdunarodnaya konferensiya Sentralnaya Aziya: odno proshloe i obshee budushee, sotrudnichestvo radi ustoychivogo razvitiya i vzaimnogo prosvetaniya v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyoda yuz berayotgan siyosiy jarayonlarni baholovchi aksariyat kuzatuvchilar O‘zbekiston muhim jarayonlarni boshlab beruvchi markazga aylandi, degan fikrdalar

Ilgar Velizade

G‘arbda Kaspiydan sharqda to Oltoy tog‘larigacha va shimolda Uraldan janubda to Hindikushgacha bo‘lgan ulkan mintaqada sodir bo‘layotgan siyosiy jarayonlar u yoki bu tarzda O‘zbekiston bilan bog‘langan.

10-11 noyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzuyidagi anjuman ham buning yorqin dalilidir.

Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Samarqanddagi yirik anjuman yangi siyosiy xaritani hosil qildi - Abdulaziz Kamilov

Anjumanda ilk bor Markaziy Osiyo va O‘rta Sharqdagi yetti mamlakatning tashqi ishlar vazirlari ishtirok etishdi. Ular bu davlatlarning uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish orqali mintaqada xavfsizlikka erishish istaklarini bayon etishdi.

Shuningdek, har bir davlatning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda barcha muammolarni hal qilish vazifasi belgilab olindi, barcha mamlakatlarning izchil rivojlanish yo‘lida kelishuv va hamkorlik masalalarida anglashuvga erishildi. Bunga qo‘shimcha ravishda mintaqani yangi texnologiya va investitsiyalar olib keluvchi transport yo‘lagiga aylantirish, davlat rahbarlari ishtirokida turli qarama-qarshiliklarning oldini olishga xizmat qiluvchi maslahatlashuv organini tuzishga qaror qilindi.

Anjuman zalida o‘zaro hamkorlik istiqbollarini boshqacha tasavvur qilgan kishini uchratish mahol edi. Anjumanning eng diqqatga sazovor va markaziy voqeasi bu mintaqa oldida turgan olti ustuvor vazifani ko‘rsatib bergan, shu bilan birga o‘zbek tashqi siyosatining “yo‘l xaritasi” sifatida qarash mumkin bo‘lgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning chiqishi bo‘ldi.

O‘zbekiston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam maslahatlashuv uchrashuvlarini tashkil etish yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevdan Markaziy Osiyo bo‘yicha "olti diplomatiya" taklifi

E’tiborlisi, O‘zbekiston prezidentining mintaqadagi besh mamlakat rahbarlari uchrashuvini tashkil etish tashabbusiga Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Abdrahmanov birinchi bo‘lib javob berdi hamda Qozog‘iston prezidentining kelasi yil Navro‘z arafasida Astanada rahbarlar uchrashuvini o‘tkazish taklifini yetkazdi.

Umuman olganda, anjuman mintaqada keyingi o‘n yillikda shakllangan voqeliklarni hisobga olgan holda mintaqaning yaqin istiqboldagi taraqqiyoti borasida turli ishtirokchilar o‘z qarashlarini bayon etgan ochiq maydonchaga aylandi.

Kelib chiqadigan umumiy xulosa shundayki, mintaqada o‘z ta’sirini kuchaytirish uchun keyingi o‘n yilliklar davomida olib borilayotgan raqobat kurashi kelgusida ham Xitoy, YeI, Rossiya, AQSh va Turkiya, Eron, Koreya, Pokiston, Hindiston o‘rtasida davom etadi.

Lekin agarda ishtirokchi davlatlar bu raqobatni yaratuvchilik yo‘nalishiga bura olsalar, tashqi kuchlarni Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlari to‘qnashuviga olib keluvchi harakatlardan uzoqlashtiruvchi umumiy yondashuv ishlab chiqsalar bu raqobat zararga emas, farovonlikka xizmat qilishi mumkin.

Stiven Frederik - Sputnik O‘zbekiston
Starr: Markaziy Osiyoga tashqaridan ta’sir ko‘rsatishga urinishlar hamisha puchga chiqqan

Markaziy Osiyo mintaqasidagi hamkorlik istiqbollari borasida ishtirokchilar ham o‘z fikrlarini bildirdilar.

Atlantika kengashining Din Patrisiu nomidagi Yevrosiyo markazi direktori Jon Edvard Xerbstning fikricha, mintaqada 25-yil davomida vaziyat juda yaxshi bo‘lgan. Bu hech qachon tilga olinmay kelgan holat. Chorak asr davomida bu yerda barqarorlik va tinchlik hukm surdi. Bu to‘laligicha tan olinmagan muvaffaqiyat. Ha, Tojikistonda fuqarolar urushi bo‘lgan, lekin u 1997 yilda yakunlangan.

Mazkur muammoni qisman qo‘shnilar yordamida hal qilishga erishildi: bu jarayonda Rossiya, O‘zbekiston va Eron ijobiy rol o‘ynadi. Yana bir narsa, mintaqada terrorizm muammosi mavjud bo‘lgan. Baribir janubda – nafaqat Afg‘oniston, balki Pokistonda ham nobarqarorlik bo‘lsa-da, bu yerda tinchlik hukm surmoqda va muhit anchagina xavfsiz. Albatta, Afg‘onistondan terrorizm suqilib kirishga urinishi mumkin, chunki “Tolibon” kuchayib bormoqda. Buning mintaqaga ta’siri qanday bo‘lishi haqida hozircha biror narsa deyish qiyin.

Yevroittifoqning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerinining fikricha, u keyingi yillarda mintaqada birlashish tendensiyasini kuzatmoqda.

Vladimir Norov - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Norov: Markaziy Osiyo — rivojlangan va yetarli imkoniyatlarga ega mintaqa

Uning aytishicha, bu ijobiy hodisa bo‘lib, mamlakatlar yolg‘iz o‘zi hal qilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan (masalan, chegaraviy suv resurslarini boshqarish) yoki mintaqa miqyosida muvaffaqiyatli hal etiladigan (masalan, terrorizm va radikalizmga qarshi kurash) masalalarni innovatsion usul va hamkorlikdagi sa’y-harakatlar evaziga yechish imkonini beradi. Mogerini Yevropa ittifoqi mintaqaviy birlashuv jarayoniga hamda umumiy masalalarni yechish yo‘llarini topish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Pankinning fikriga ko‘ra esa, butun mintaqada (Rossiya – Markaziy Osiyoning qo‘shnisi hisoblanadi) xalqaro terrorizmning tarqalishi, narkotrafikka qarshi kurashni kuchaytirishda aksilterror himoyani ta’minlash mexnazilarini mustahkamlash zaruriyati mavjud. Xususan, KXShT, ShHT Mintaqaviy aksilterror kengashi va MDH Aksilterror markazi doirasida.

Ishtirokchilar shuningdek, mintaqa mamlakatlari bilan aloqalarni, tranzit yo‘llarini rivojlantirishdagi hamkorlik borasida Ozarbayjonni ham bir necha bor tilga olishdi.

Ozarbayjon xavfsizlik masalalarini hal qilishda hamda Kaspiybo‘yi hamkorligi doirasida muhim sheriklardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Agarda Samarqand anjumanining maqsadi turli mamlakat va mintaqalarning birlashuvi orqali jamiyatning izchil rivojlanish salohiyatini oshirish bo‘lganligini hisobga oladigan bo‘lsak, bu judayam quvonarli.

Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0