18:36 23 Iyun 2018
Efir
  • RUB124.89
  • EUR9150.95
  • USD7883.99
Avtozapravochnaya stantsiya v Tashkente

Oʻzbekistonga import qilingan benzin kerakmi?

Sputnik
Analitika
Havola olish
1001 0 0

Bugun Toshkentda import qilingan Ai-95 va Ai-98 markali benzin sotilishi boshlandi. Bu benzin narxi bir litrga 8500 va 9000 soʻmni tashkil qilmoqda

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonlik haydovchilari orasida bu 2 baravar qimmat boʻlgan yonilgʻi xaridorbop boʻladimi. Buni Sputnik muxbirlari oʻrganib chiqishga harakat qilishdi.

Yonilgʻi koʻp boʻlmaydi

Ilgari Oʻzbekiston haydovchilarini yuqori oktanli benzin bilan hech qachon siylashmagan. Hamma 80-m benzinga ham xursand boʻlib, lekin avtomobil yonilgʻi tanlash imkoniyati uncha katta emasligidan nolib kelishgan. Faqatgina ayrim shoxobchalarda sifatli Ai-91 markali benzin taklif qilingan, uni ham topish uchun ancha muncha harakat qilish kerak edi. Ushbu xildagi benzin kamligi tufayli har doim tez tugab qolardi, yoki umuman boʻlmas edi.

Endi esa vaziyat umuman oʻzgardi. Haydovchilarga oʻzlarining "temir otlari"ga yonilgʻining keng tanlovi takliflar qilindi. Poytaxtda Jizzakh Petroleum korxonasiga qarashli Bogʻishamol, Axmad Donish, Olmazor tumanidagi Kichik halqa yoʻli va Qushbegi manzilida joylashgan 4 ta yonilgʻi qoʻyish shoxobchasida tunu kun import qilingan benzin sotilishi yoʻlga qoʻyildi. Bundan tashqari, birinchi bosqichda "Yevro-5" dizel yonilgʻisi sotilishi ham boshlab yuborildi, u haqda oldinlari hech kim eshitmagan.

Oktanli benzinni kim oladi?

Sputnik Oʻzbekiston muxbirlari bugun shu yonilgʻi qoʻyish shahobchalarida boʻlib, ushbu narxi qimmat boʻlgan benzinga uncha talab yoʻqligiga amin boʻlishdi. Maʼlum boʻlishicha, odamlar qimmat yoqilgʻi uchun pul toʻlashga tayyor emas. Tashqaridan qaraganda shoxobchalarda bunday vaziyat: shahobcha deyarli boʻsh, goʻyoki umuman ishlamayotganga oʻxshadi. Baʼzi paytda xorijda ishlab chiqarilgan mashina yonilgʻi quyish uchun kirib chiqmoqda.

Shoxobcha xodimlari soʻzlariga qaraganda, ertalabdan ular Ai-95 markali benzinni atigi 300 litrini sotishgan. Dizel yoqilgʻi va 98-chi benzin hozircha yoʻq, ularni olib kelish ertaga kutilmoqda.

Avtozapravochnaya stantsiya v Tashkente
Sputnik
Avtozapravochnaya stantsiya v Tashkente

"Koʻpchilik kim bugun odatiy 80-chi quyish uchun kelganlarga, endi biz import qilingan yonilgʻini sotishni boshlaganimizni tushuntirdik. Oʻylaymanki, endi tez yurar mashinalar egalari mijozlarimiz boʻladi. Bu koʻpincha chet elda ishlab chiqarilgan mashinalardir. Ularning puli ham koʻp, oddiy avtomobillarga yuqori oktanli benzin quyish shart emas. Bu markali benzin yuqori darajali bosimga ega boʻlgan dvigatellarga moʻljallangan. Shuning uchun, masalan AI-98 markali benzin oddiy transport vositalarga quyish maqsadga muvofiq emas", — deb taʼkidladi suhbatdoshimiz.

80-chi benzinga hali yuguramiz

Bu yangilikka ijtimoiy tarmoqlarda zudlik bilan munosabat berishdi. Masalan, Oʻzbekiston haydovchilari Facebook guruhlari turli mazmundagi izohlar toʻlib ketdi. Kimdir har doim tanlash imkoniyati boʻlishi kerakligi va narxi qimmat boʻlgan va sifatli benzin sotilishi tashkil etish boʻyicha hukumat qarorini qoʻllab-quvvatlashgan. Boshqa mushtariylar esa ushbu tashabbusga tanqidiy munosabat bildirishdi.
"Endi odatiy Ai-80 benzin ham yoʻqolishi mumkin. Oldinlari 80-chi benzin boʻyicha ham hamma noligan, mashina tortmayapti, dvigatel "yoʻtalyapti" deb, hali uni orqasidan yugurib qolamiz", — deb yozgan guruh aʼzolaridan biri.

"Temir otlarga" import qilingan benzin quygan kishilar mamnun ekanliklarini izhor etilgan.

Avtozapravochnaya stantsiya v Tashkente
Sputnik
Avtozapravochnaya stantsiya v Tashkente

"Endi menda avtomobil emas, samolet. Men 95-chida uchayapman. Dvigatel shovqini umuman eshitilmayapti. Mening otim bunga qodirligini bilmagan ekanman. Ana zoʻr yonilgʻi", — deb yozgan mushtariy.

Quyish yoki quymaslik?

Bugungi kunda haydovchilar orasida har xil fikrlar yuribti. Masalan, Ai-95 yoki Ai-98 markali benzin koʻyilsa, birinchidan oddiy yonilgʻidan farqli ravishda kamroq yonilgʻi harajat qilishda iqtisod qilish mumkinligi, ikkinchidan yonilgʻi tizimini tozalash va motor ishlashiga yordam berish mumkinligini aytishmoqda. Bular qanchalik toʻgʻriligiga endi har bir haydovchi oʻzi uchun tekshirishi mumkin.

Taʼkidlab oʻtamizki, respublikada keyinchalik Jizzakh Petroleum QK tarmoq yoqilgʻi quyish shoxobchalari ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bu shahobchalar Ai-92, Ai-93, Ai-95 va Ai-98 markali benzin, shuningdek Yevropa sifat va standartlariga javob beradigan dizel yonilgʻisi erkin tijorat narxlarda sotilishiga ixtisoslashgan boʻladi. Mahsulotlar nafaqat shoxobchalar orqali sotiladi, balki toʻgʻridan toʻgʻri oldi-sotdi shartnomalar va birja savdolari orqali ham sotuvga chiqariladi.

Asosiy mavzular