12:37 20 Fevral 2018
Efir
Denejnыe kupyurы: dollarы SSHA

AQSH - moliyaviy jihatdan shaffof boʻlmagan davlatlar roʻyxatida yetakchi oʻrinda

© Sputnik/ Mixail Kutuzov
Analitika
Havola olish
118330

Moliyaviy jihatdan eng shaffof boʻlmagan davlatlar reytingida AQSH ikkinchi oʻrinda, birinchi oʻrinda Shveytsariya

TOSHKENT, 6 fev — Sputnik. Bugungi kunda AQSH yuristiktsiyalari ofshor xizmatlar bozorida yetakchilik qilishmoqda. Ekspertlar fikriga koʻra, aynan oʻgʻirlangan pullarni yashirish uchun AQSH — eng qulay davlat hisoblanadi. RIA Novosti materialiga asosan.

Hukumat homiyligi

Moliyaviy jihatdan shaffof boʻlmagan davlatlar reytingi Britaniyaning Tax Justice Network nodavlat tashkiloti tomonidan tuzilgan. Roʻyxat ikki asosiy omil asosida shakllanadi: mamlakatda yashirilgan mablagʻlar miqdori va moliyaviy maxfiylik darajasiga eʼtibor beriladi.

2015 yilda ushbu reytingda AQSH 3 oʻrin egallagandi. Oʻsha vaqtdan keyin dunyo bozorida ofshor moliyaviy xizmatlarning ulushi 14 foizdan 22,3 foizga koʻpayib ketdi. "AQSH soliqlardan qochish va norezidentlar uchun mahfiylik boʻyicha federal hamda shtatlar doirasida ulkan imkoniyatlarni taqdim etadi. <…> Koʻp holatlarda federal darajasida hukumat homiyligida yoki ularni tasdigʻi bilan tashkil etilgan", — deb taʼkidlashdi reyting mualliflari. 

Reyting mualliflariga koʻra, "AQSH ofshor xizmatlari jahon bozorida katta ulushga ega, uning asosiy raqibi bu London sitidir".
Tax Justice Network qayd etishicha, London siti asosan koʻplab dengiz hududlarga tayanadi, amerikaliklar esa "asosan ichki bozorda, va AQSH moliya sanoati taʼsiri juda katta iqtisodiyot boʻyicha tarqalgan". Ofshor mablagʻlari toʻgʻridan-toʻgʻri davlatning milliy xoʻjaligiga ishlaydi.

"AQShning moliyaviy noshaffofligi elitalari talon-taroj qilingan pullarni xavfsiz joy sifatida ishlatgan davlatlarning oddiy fuqarolariga AQSH mislsiz zarar yetkazadi", — deb yozishgan hisobot mualliflari.

Oʻn yillik mojaro

2008 yilda nemis soliqchilari maʼlumot toʻplashning nostandart usulini topdilar: Shimoliy Reyn-Vestfaliya shtati amaldorlari Lixtenshteyndagi bank mijozlari maʼlumotlar bazasi uchun ayrim xakerlarga bir necha million dollar miqdorida haq toʻlashdi.

Maxsus operatsiya oqibatida ofshorga oʻz pullarni olib ketgan Germaniya fuqarolaridan 200 million yevrodan ortiq soliqlar undirildi.

Soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash boʻyicha hattoki eng yetakchi boshqaruvchisi — Deutsche Post rahbari hibsga olingandi.

Keyinchalik hammasi jadallashib ketdi. Shveytsariya (ushbu davlat koʻp vaqt oʻzining moliyaviy institutlari sarmoyachilari sir saqlagan) bankirlari oʻzining AQSH va Frantsiyadagi mijozlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni taqdim etishdi. London va Berlinni Lixtenshteyn bilan axborot almashinuvi haqida bitim imzolashga majbur qilishdi. 2010 yilda Germaniya (Germaniya Federativ Respublikasi) hukumatiga yana bir maʼlumotlar bazasi kelib tushdi — bu safar shveytsariya banklaridan. Undirilgan qarzdorlik miqdori 900 million yevroni tashkil qildi.

Jiddiy jang boshlandi — Yevropa ittifoqi davlatlariga byudjetni toʻldirish uchun mablagʻ kerak edi. 2013 yilda Yevrokomissiyasi yoʻqotishlar tufayli toʻlanmangan soliqlar miqdori trillion yevroga yetdi. Shu yilning oʻzida Frantsiya moliya vaziri Jer Kayuzak Shveytsariya banki hisobida bir necha yuz ming yevro pul mablagʻlarini yashirganligi yuzasidan ayb qoʻyildi.

Buyuk Britaniya gʻaznachilik kantsleri Jordj Osborn soʻzlariga koʻra, Yevropa ittifoqi hukumati "Yashirinish uchun joylar, borgan sari kam qolmoqda" degan signal berishmoqda. Yevropadagi moliyachi sheriklar Osborning oʻziga Birlashgan Qirollik yurisdiktsiyasida pullarni soliq xizmatlardan yashirish boʻyicha koʻplab markazlar borligi boʻyicha ayblovlar qoʻyildi.

Shu yilning oʻzida Kipr inqirozi yakunlandi — orol davlati hukumatiga bank sarmoyadorlarning pullarini qisman olib qoʻyishga rozi boʻlishga toʻgʻri keldi.

Natijada pullar boshqa yurisdiktsiyalarga oqib oʻtdi. "Ofshorlar bilan kurash Yevropa oʻz ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlarini kurash olib bormaydigan joyga quvib bordi. Agarda tadbirkorda tanlov boʻlsa, u pullarni olib qoʻyilishi xavfi yoki soliqlarni toʻlamaslik boʻyicha ayblanmaslikka harakat qilishni afzal koʻradi" — deb taʼkidlaydi strategik kommunikatsiya markazi prezidenti Dmitriy Abzalov.

Bozorning koʻrinmas qoʻli

Biroq Vashington oʻz ofshorlarining soliq tartibini oʻzgartirmoqchi emas edi. "Tadbirkorning orzusi — AQShda ofis ochish boʻlishi kerak. Bu mantiq ofshor operatsiyalar bozorini monopollashtirish, oʻz biznesini bir yurisdiktsiyaga oʻtkazishga majbur qiladi. Bu har qadamda korruptsiyaga qarshi kurashish borasida bong urishga halaqit qilmaydi", — deya kinoya qiladi Abzalov.

2017 yil dekabrda AQSH kongressi prezident Donald Trampning soliq islohotlarini tasdiqladi. Ularda yuridik shaxslar uchun daromad soligʻi stavkasini pasaytirishni nazarda tutadi.

AQSH maʼmuriyati hisobiga koʻra, yangi choralar mamlakatga ofshorlardan 4 trillion dollarga yaqin mablagʻni qaytarishga yordam beradi.

Yanvar oyining oʻzida Apple kompaniyasi AQSH byudjetiga 38 milliard dollar pul toʻlashini maʼlum qilgandi. Bundan tashqari, kompaniya mamlakat ichki ishlab chiqarish quvvatlariga 30 millard dollar investitsiya kiritish va 20 ming ish oʻrinlar yaratishga vaʼda beradi.

Dmitriy Abzalovning soʻzlariga koʻra, AQSH soliq tartibi Trampning fuqarolar tomonidan xorijga olib ketilgan pullarni qaytarishga qaratilgan siyosatiga toʻgʻri keladi.

"Uning aktivlarni qaytarish boʻyicha kontseptsiyasi ofshorlar kontseptsiyasiga juda mos keldi. AQSH Saudiya Arabiston bilan bitim tuzadi. Vashington tan olganidek, u yerda demokratiya yoʻq. Oq uy uchun barcha pullar — bir rangda", — deb qoʻshimcha qildi ekspert.

Asosiy mavzular