06:57 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Flagi Yevropeyskogo Soyuza

Nega Yevropa Markaziy Osiyodan ketmoqda

© REUTERS / Ralph Orlowski
Analitika
Havola olish
Anton Kurilkin
1862 0 0

"Yevropa - Markaziy Osiyo" Yevropa axborot-tahliliy markazi ekspertlari qanday choralar Yevropa Ittifoqiga Markaziy Osiyoda mustahkam oʻrnashib olishiga yordam berayotgani borasida oʻz fikrlarini bildirdilar

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik, Anton Kurilkin. Yevropa Ittifoqi Markaziy osiyo mamlakatlariga Xitoy va Rossiya singari investitsiyalar va iqtisodiy yordamni taqdim eta olmaydi, shu bois tashkilot ushbu mamlakatlarda obroʻ-eʼtibor qozonish uchun "madaniy"qurol va taʼlim bilan kurash olib borishga majbur. "Yevropa — Markaziy Osiyo" Yevropa axborot-tahliliy markazi (EUCAM) tomonidan chiqarilgan yangi maqolalar toʻplamida xuddi shunday fikrlar bayon etilgan.

Osiyodagi yolgʻizlik

Donald Tramp AQShdagi saylovlarda gʻalaba qozongach, Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoda inson huquqlari uchun kurashda oʻzini yolgʻizlangan his qilmoqda. Buning ustiga, 2017 yilda YEIning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarni shakllantirish strategiyasi aniq amaliy harakatlar rejasiga ega emas va muvaffaqiyatni anglatadigan aniq koʻrsatkichlar belgilanmagan, deb hisoblaydi EUCAM koordinatori Yos Bunstr.

YEIning yangi hujjati Rossiya, Xitoy va AQShning mintaqadagi dasturlari fonida gʻarib koʻrinishga ega. Misol uchun, Qoʻshma Shtatlar Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan S5+1 formatida hamkorlik qiladi, Rossiya ikkitomonlama shartnomalar va YEOII va ODKB orqali bogʻlangan, Xitoy esa "Bitta kamar — bitta yoʻl" tashabbusi orqali mintaqa taraqqiyotiga faol tarzda investitsiya kiritib kelmoqda.

Yevropalik ekspertlarni bir savol qiziqtirmoqda — birlashgan Yevropa qanday qilsa-ki Markaziy Osiyoda AQShdan koʻra kattaroq nufuzga ega boʻladi, har yerda nomi tilga olinadigan Rossiyadan koʻra qudratliroq boʻladi, va investitsiyalarda Xitoydan koʻra xilma-xillikni olib kira oladi.

Qalblarni tanqid orqali zabt etmoq

EUCAM tomonidan savolga tutilgan ekspertlar fikriga koʻra, madaniy almashinuv va inson huquqlari uchun kurash Markaziy Osiyoga taʼsir koʻrsatish mexanizmiga aylanishi mumkin, diniy bagʻrikenglikni targʻib qilish va diniy erkinlikka boʻlgan hurmat esa mintaqa aholisini Yevropa tomon burishi mumkin.

Ammo ekspertlar "diniy bagʻrikenglikni ilgari surish" boʻyicha aniq choralarni taklif qila olmadilar — ammo Yevropa Ittifoqi ushbu masalada yolgʻizlanib qolishini alohida taʼkidlab oʻtdilar.

Yevropa Ittifoqining mavqeini mustahkamlashga oliy va oʻrta maxsus taʼlim dasturlari ham yordam berishi mumkin. Ushbu yoʻnalishda Bryussel maʼlum muvaffaqiyatni qozonga ham — Qozogʻiston Bolon jarayoniga qoʻshildi, Nazarbayev University Amerika va Yevropa institutlari bilan faol hamkorlikni yoʻlga qoʻygan, KIMEP universiteti esa talabalar almashinuvi dasturi Erasmus+ ga qoʻshilgan.

Ammo markaziy osiyolik talabalar baribir Xitoy va Rossiyada oʻqishni maʼqul koʻradilar (aytgancha, Rossiya ham xuddi Qozogʻiston singari Bolon jarayoniga qoʻshilgan, universitetlarining bir qismi esa Erasmus+ dasturida ishtirok etadi).

Shuningdek, ekspertlar fikriga koʻra, Yevropa Ittifoqiga Markaziy Osiyoda mustahkam oʻrin olishida mehnat migrantlari uchun maxsus kurslar ham yordam berishi mumkin. Mehnat migrantlarini Yevropada biznes yuritishni oʻrgatadilar va uylariga qaytishlariga yordam beradilar. Ekspertlar Yaqin Sharq va Tropik Afrika mamlakatlarini yorqin misol tarzida keltirib oʻtganlar.

Pul yoʻq

Taʼlim sohasida hamkorlik va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash — Yevropa Ittifoqidan boʻladigan yagona taklif mana shulardir. Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik oʻrnatish borasida gap borar ekan, iqtisod asosiy mavzu oʻrnini egallamaydi, deyiladi tadqiqotda. Bryussel moliyaviy yordam bera olishi mumkin, faqat bu yordam — Qirgʻiziston va Tojikistonda ishsizlikning salbiy oqibatlarini sal boʻlsada toʻgʻirlashga yoʻgʻrilgan boʻladi.

EUCAM ekspertlari fikriga koʻra, Yevropa oʻz oldiga qoʻygan ulkan maqsadlarda maksimal darajada aniqlashtirishi va oʻz maqsad hamda tasavvurlariga oʻzgartish kiritishi lozim.

M.V Lomonosov nomidagi MDU politologiya fakulteti professori Andrey manoylo Sputnik Oʻzbekistonga bergan izohida ushbu choralar nokonstruktiv koʻrinishga ega, deya taʼkidladi.

"Markaziy Osiyoga nisbatan bunday choralar konstruktiv emas va yevropaliklar bu orqali nimagadir erishishlari qiyin. Mintaqa oʻz spetsifikasiga ega, taraqqiyotining ham oʻziga xos jihatlari bor", — deya izoh berdi siyosatshunos.

Manoyloga koʻra, Markaziy osiyo mamlakatlari birinchi navbatda maslahat xizmatlarida emas, balki investitsiyalarga muhtoj. Ularga iqtisodiyot taraqqiyoti uchun real xom-ashyo resurslarini kiritadigan hamkorlar kerak.

YEIning bu singari bayonotlari esa Yevropadagi umumiy moliyaviy inqirozni oʻzida aks ettirmoqda, deb hisoblaydi Manoylo.

"Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyoga kiritadigan boʻsh mablagʻlari mavjud emas, ehtiyotkorona siyosat sababini shu bilan izohlash mumkin", — deb qoʻshimcha qildi u.

YEI Markaziy osiyodan oʻz-oʻzidan chiqib ketishi Yevropa kompaniyalari mintaqaga sarmoya kiritmaydi degani emas, ammo Koʻhna dunyoning biznes-gigantlari uchun mintaqada, deylik oʻsha Xitoy bilan raqobat qilish juda ogʻir boʻladi, deb taʼkidladi ekspert.

Asosiy mavzular