10:26 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Inspektorы motogruppы DPS Tashkenta

Toshkent shahrida jinoyatchilikka qarshi kurashning yangi uslublari joriy etilmoqda

GUVD Tashkenta
Analitika
Havola olish
100910

Endi Oʻzbekiston poytaxtida ichki ishlar boʻlimlari sektorlar boʻyicha tashkil etiladi, profilaktika inspektorlari Respublika boʻyicha bir-birlariga bajarilishi majburiy topshiriqlar berishi mumkin, xodimlar tabel quroli oʻrniga elektroshok bilan qurollanadi, poytaxt militsiyasiga propiskasiz ham xizmatga kirish mumkin boʻladi

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kun kecha "Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi.

Hujjatga muvofiq Toshkent shahar ichki ishlar organlarida quyidagi oʻzgarishlarni amalga oshirish nazarda tutildi:

— shu paytgacha amalga boʻlgan Toshkent shahar tumanlari ichki ishlar boshqarmalari tugatilib, ularning oʻrniga ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari tashkil etildi. Ularning asosiy vazifalari ichki ishlar boʻlinmalari faoliyatini tahlil qilish, rejalashtirish, tashkillashtirish, xalq bilan muloqotni va uzviy hamkorlikni tashkil etishdan iborat;

- amaldagi shahar ichki ishlar boʻlimlari ichki ishlar boʻlimlari sifatida qayta tashkil etildi. Ularning asosiy vazifalari sektorlar hududlarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish etib belgilandi va ularning huquqlari, vazifalari doirasi kengaytirildi;

— Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining mavqei bir pogʻona koʻtarildi — endi Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi bir vaqtning oʻzida Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari ham hisoblanadi;

— Bosh boshqarma boshligʻining yoshlar masalasi boʻyicha oʻrinbosari lavozimi joriy etildi;

— ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari boshliqlari maslahatchisi lavozimi joriy etildi. Bu lavozimga pensiyada boʻlgan sobiq xodimlar jamoatchilik asosida tayinlanadi va ularga olayotgan pensiyasining 30 foizi miqdorida oylik ustama haqi belgilanadi;

— ichki ishlar organlari rahbarlari va profilaktika inspektorlarining deputatlar va aholi oldidagi hisobdorlik tartibi joriy etildi;

- profilaktika inspektorlarini mavqeini oshirish choralari koʻrildi — endi ichki ishlar boʻlimlari boshliqlari lavozimlari profilaktika katta inspektorlari orasidan jamlanadi; jazolangan, oʻzini salbiy tomondan koʻrsatgan xodimlarni profilaktika inspektori lavozimiga tayinlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi; ularga respublika boʻyicha bir-birlariga ijro etish majburiy boʻlgan topshiriqlar berish huquqi berildi;

— shu yilning 1 aprelidan xodimlar faoliyatini reyting tizimi orqali baholash, yuqori natijaga erishilganlarni ragʻbatlantirish, vazifasini lozim darajada bajarmaganlarni jazolash; "102" raqami orqali kelib tushgan maʼlumotlar boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etishni soddalashtirish tartibi joriy etiladi;

— Bosh boshqarma tarkibidagi Matbuot xizmati Bosh boshqarma Matbuot multimedia markazi sifatida qayta tashkil etildi;

— Bosh boshqarmaga, istisno tariqasida, Toshkent shahrida doimiy propiskasi boʻlmagan fuqarolar orasidan ham nomzodlarni qabul qilishga ruxsat etildi;

— ichki ishlar boʻlimlari xodimlarini bosqichma bosqich xizmat uyali telefonlari (planshetlar) bilan taʼminlash choralari belgilandi;

General - mayor Kurbanov, nachalnik GUVD Tashkenta
Press-slujba GUVD Tashkenta
- ichki ishlar organlari rahbarlari va xodimlarining zamonaviy talablar asosida oʻqitilishini tashkillashtirish choralari koʻrildi;

— Bosh boshqarma, muvofiqlashtiruvchi boshqarmalar, ichki ishlar boʻlimlari boshliqlarining tegishli sohalar uchun shaxsiy masʼuliyati belgilab berildi;

— tumanlarda huquqbuzarliklar profilaktikasi, tadbirkorlikni rivojlantirish va muammoli oilalar bilan ishlash ustidan nazorat qilish jamoatchilik kengashlari tuzilishi belgilandi;

— maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishni soddalashtirilgan tartibini joriy etish choralari koʻrildi, bunda haydovchisi boʻlmaganda ham notoʻgʻri toʻxtab turish boʻyicha bayonnoma tuzish nazarda tutiladi;

- piyodalarni ham maʼmuriy javobgarlikka tortish orqali, ular orasida yoʻl qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirish choralari belgilandi;

— xodimlarni bosqichma bosqich tabel oʻq otar qurol oʻriga elektroshok vositalari bilan taʼminlash borasida taklif kiritish belgilandi.

Qarordan koʻzlangan asosiy maqsad: poytaxtda jamoat tartibini saqlash ishlarini, huquqbuzarlik profilaktikasini yangi pogʻonaga koʻtarish, jinoyatchilikka qarshi kurashni faollashtirish, asosiysi, ushbu faoliyatga barcha davlat, jamoat organlarining oʻzaro hamkorligining amaliy mexanizmini joriy etish.

Qarorda ifodalangan asosiy gʻoyalar

— poytaxt ichki ishlar organlarining boshqaruv funktsiyasini qisqartirib, asosiy urgʻuni bevosita amaliy ish bilan shugʻullanuvchi boʻlinmalarga berish. Quyi pogʻonadagi boʻlinmalarning huquq va burchlarini kuchaytirish, ularning boshliqlariga mustaqil qarorlar qabul qilish, naryadlarning kunlik dislokatsiyasini belgilash huquqlarining berilishi;

- xodimlarning bilimi, saviyasi va kasbiy mahoratini, ularni zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash koʻnikmalarini oshirish. Xodimlarni oʻqitish, malakasini oshirishga va maʼrifatli boʻlishiga alohida eʼtibor qaratilishi, buning uchun aniq vazifalar, chora-tadbirlar belgilanishi;

— rahbarlar va xodimlarning yuklatilgan vazifa uchun shaxsiy javobgarligini aniq belgilash. Rahbarlar shaxsiy masʼuliyati doiralarining aniq belgilanishi, xodimlar faoliyati uchun joriy etiladigan reyting tizimi, u orqali xodimlarni ragʻbatlantirish va jazolash;

— ichki ishlar organlari xizmatini insonparvarlik gʻoyalari asosida tashkil etish. Jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etishni soddalashtirilishi, kriminogen vaziyatni yaxshilashning eng muhim omili sifatida tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish va aholi, ayniqsa yoshlar bandligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilishi, nihoyat, tabel quroli oʻrniga elektroshok vositalari joriy etilishi;

— ichki ishlar organlarini aholiga, xalqqa yaqinroq boʻlishini taʼminlash. Aholi va deputatlar oldidagi hisobot berish tizimining yoʻlga qoʻyilishi, Matbuot multimedia markazi tashkil etilishi, biriktirilgan hududga tezkor-profilaktik xizmat koʻrsatilmay qolishiga olib keladigan boʻlsa profilaktika inspektoriga hududni tashlab ketish taqiqlanishi.

2019 yildan boshlab ushbu tartib butun respublika boʻyicha joriy etilishi mumkin.

Qaror nimalarni belgilab berdi?

— maʼmuriy-boshqaruv lavozimlari soni qisqarib, real ish bilan shugʻullanuvchi xodimlarga jiddiy eʼtibor qaratiladi;

— shusiz ham uncha koʻp ishlatilmayotgan, aksariyat ortiqcha vahima uchun olib yuriladigan tabel qurollidan voz kechiladi;

- jinoyatchilik profilaktikasiga jamoatchilik davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari keng miqyosda jalb etiladi;

— rahbarlarning shaxsiy javobgarlik "hudud"lari aniq belgilab qoʻyildi;

— ichki ishlar organlarining xalq oldidagi hisobdorligi va ochiqligi taʼminlanadi;

— profilaktika inspektorlarining masʼuliyati oshiriladi, ularning mahalla ishlaridagi ishtiroki kengaytiriladi;

— ichki ishlar organlarining vazifasi nafaqat jinoyatchilikka qarshi kurash, uning oldini olishgina emas, balki fuqarolarning, hududning muammolarini hal etishi.

Asosiy mavzular