05:21 10 Dekabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9408.25
  • USD8314.85
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon vstretil prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva

Toshkent va Dushanbe munosabatlaridagi iliqlashuv - uzoq yoʻlning boshlanishi

© Press-slujba prezidenta Tadjikistana
Analitika
Havola olish
Andrey Grozin
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi (25)
54611

Oʻzbekiston prezidentining 2000 yildan buyon Tojikistonga qilgan birinchi rasmiy tashrifi haqida - siyosatshunos Andrey Grozin fikr bildirdi

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi — ikki mamlakat munosabatlarini tiklashda muhim qadam boʻldi. Ammo toʻliq normallashuv uchun tomonlar muloqotni davom ettirib, yon berishlarga tayyor ekanliklarini koʻrsatishlari zarur, deb hisoblaydi Rossiya Fanlar Akademiyasi MDH institutining Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston boʻlimi mudiri Andrey Grozin.

9-10 mart kunlari Oʻzbekiston prezidenti 18 yil deganda birinchi marta Tojikistonga rasmiy tashrif uyushtirdi. SSSR tarqab ketgach ikki davlat munosabatlari taranglikda kechgan, ammo 2016-yil hukumat tepasiga kelgan Mirziyoyev tashqi siyosatning eng birinchi galdagi masalalardan biri sifatida mintaqadagi qoʻshnilar, xususan, Tojikiston bilan munosabatlarni "qaytadan koʻrib chiqishini" maʼlum qilgan edi.

Ikki xil fikr boʻlishi mumkin emas

Grozinga koʻra, Mirziyoyevning tashrifini, uning Tojikiston bilan munosabatlarni yaxshilash niyatini faqatgina olqishlash mumkin.

"Buni, shubhasiz, ijobiy fakt sifatida qabul qilish kerak — bu yerda ikki xil fikr boʻlishi mumkinmas. Gap shundaki, munosabatlarda ancha choʻzilib ketgan va oʻzaro norozilik, blokada, cheklovlar va boshqa oqibatlarni keltirib chiqargan tanaffus — bir-biri bilan chambarchas bogʻliq ikki davlatning na iqtisodi, na jamoatchiligiga naf keltirmadi", — dedi ekspert RIA Novosti agentligiga.

Ekspert Oʻzbekiston va Tojikiston — Markaziy Osiyodagi oʻzaro eng yaqin davlatligini taʼkidladi.

"Tojikistonda yuz bergan fuqarolik urushi vaqtida shakllangan hamda xolis va noxolis bildirilgan noroziliklar, muammolar, oʻzaro tushunmovchiliklar, davolar, bir-birlarining manfaatlarini inobatga olmaslik singari holatlardan qandaydir yoʻl bilan chiqish kerak", — qoʻshimcha qildi Grozin.

Siyosatshunos oʻtgan yil Mirziyoyevning Qirgʻizistonga tashrifi muvaffaqiyatli kechganini eslatib oʻtdi.

"Ikkala mamlakat ham hozirgacha yengil eyforiya holatida — koʻplab ekspertlar oʻta murakkab deya baholagan masalalarga yechim topildi. Men chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, chegara rejimi, suvdan foydalanish va hokazolarni nazarda tutayapman. Shu bois, hozirgi tashrifdan ham xuddi shularni umid qilishmoqda", — qoʻshimcha qildi u.

Umidlar qopqoni

Shu bilan birga, ekspert, Mirziyoyevning Dushanbega tashrifidan soʻng munosabatlarning izga tushib ketishida koʻpam optimistlik qilish yaramaydi, deya taʼkidladi.

"Avval boshdan ikki davlat jamoatchiligi bu tashrifga juda katta umidlar bogʻlashdi — vizalar bekor qilinishi, iqtisodiy va logistik aloqalarning toʻliq tiklanishi, xullas, juda katta ishlar amalga oshirilishi kutilgan edi. Mening nazarimda, bir paytning oʻzida oʻn yilliklar davomida chigallashtirib kelingan bu singari muammolarni yechishning imkoni yoʻq", — davom etdi ekspert.

Grozinga koʻra, ikki tomondan ham "eng katta xohish istak boʻlgan taqdirda ham" siyosiy dinamikaning obʼyektiv qonunlari mavjud: "Ikkala tomon oʻz munosabatlarini olib kelgan boshi berk koʻchadan chiqish uchun bitta uchrashuv kamlik qiladi — chunki katta umidlar qopqoni boʻy koʻrsatishi mumkin".

Grozin shuningdek, bunda ikkala davlatning ham kayfiyati muhimligini eslatib oʻtdi.

Ekspertga koʻra, agarda Toshkentning ijobiy qadamlariga nisbatan kutilgan, umid qilingan munosabat boʻlmasa, bu ijobiy tashabbuslar "yoki soʻnib qolishi, yoxud kutilganidek shiddat bilan kechmasligi va kutilgan natijani bermasligi mumkin".

"Bunda Dushanbening ham kayfiyati muhim. Agar Tojikiston tomon oʻzini yutgan his etsa, u holda tomonlar namoyon etayotgan ijobiy impulslar yakuniy natijani bermasligi mumkin. Ikkala tomon ham oʻz yoʻlini bosib oʻtishi kerak, ikkala tomon ham sherigining manfaatlari va fikrlarini inobatga olishga va bu istaklarga tomon borishga tayyorligini koʻrsatib berishlari kerak", — dedi Grozin.

Ekspert shu bilan birga, ushbu tashrifni shak-shubhasiz "munosabatlarni normallashtirish yoʻlidagi birinchi va juda muhim qadam sifatida" baholash kerakligini taʼkidladi.

"Shubhasiz, Oʻzbekiston qoʻshnilar bilan munosabatlarni normallashtirish yoʻlidan bormoqda, u bunda allaqanday mavhum tushunchalarga tayangani yoʻq, balki u qoʻshnilar bilan normal munosabatlar iqtisodiyotda islohotlarni yoʻlga qoʻyishda kattagina bonus berishini biladi.

Ochiq chegarasiz, qoʻshnilar bilan normal iqtisodiy munosabatlarni yoʻlga qoʻymay turib, qoʻshnilar orqali logistikani izga tushirmasdan — hech qanday liberal islohotlar hosil bermaydi. Shu bois Oʻzbekiston toʻplanib qolgan muammolarga yechim topishdan manfaatdor", — dedi ekspert.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi (25)

Asosiy mavzular