Lavrov diplomatlarning G‘arb davlatlaridan chiqarib yuborilishini surbetlik deb atadi

Obuna bo‘lish
Ilgariroq Yevropa ittifoqining 16ta mamlakati, shuningdek, AQSh, Kanada, Norvegiya, Ukraina va qator mamlakatlar Solsberidagi hodisa tufayli rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish haqidagi qarorni qabul qilgan edi

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Rossiya sobiq Razvedka bosh boshqarmasi xodimi Sergey Skripalning zaharlanishi bilan bog‘liq ish tufayli Rossiya diplomatlarini chiqarib yuborayotgan G‘arb mamlakatlari "surbetligi"ga albatta javob qaytaradi, dedi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov.

Flagi Rossii, YeS, Fransii i gerb Nissi na naberejnoy Nissi - Sputnik O‘zbekiston
YeIga a’zo 14ta mamlakat Rossiya diplomatlarini chiqarib yuborishga rozi bo‘ldi
"Javob qaytaramiz, shubha qilmang, chunki bunday surbetlikni hech kim ko‘tarmaydi va biz ham shu jumladan", — dedi Lavrov jurnalistlarga.

Ilgariroq Yevropa ittifoqining 16ta mamlakati, shuningdek, AQSh, Kanada, Norvegiya, Ukraina va qator mamlakatlar Solsberidagi hodisa tufayli rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish haqidagi qarorni qabul qilgan edi.

Xususan, AQSh Rossiyaning 48ta diplomatini va Rossiyaning BMT  qoshidagi missiyaning 12 vakilini chiqarib yuborishini e’lon qildi.

Shuningdek, AQSh Rossiyaning Sietldagi Bosh konsulligini yopishi haqida xabar berdi.

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Moskva Rossiya diplomatlari chiqarib yuborilishiga aql bilan javob qaytarishini va Rossiyadagi AQSh Bosh konsulligini yopishi bilan javob qaytarishini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0