14:34 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Analitika
Havola olish
847 0 0

Rossiya va AQSH oʻrtasidagi navbatdagi eslakatsiyaning oʻtkir tus olishi Sharqiy Gʻuddadagi Duma shahrida kimyoviy quroldan foydalanganlik haqidagi xabarlardan keyin yuz berdi

TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. AQSH Rossiyaga qarshi axborot-psixologik urushni boshladi, dedi Sputnik radiosi efirida amerikashunos ekspert Konstantin Bloxin.

Ilgariroq Gʻarb mamlakatlari rasmiy Damashqni suriyalik harbiylar goʻyoki xlorli bombani qoʻllashganida aybladi. Moskva ushbu xabarlarni inkor etmoqda.

Ushbu voqealar fonida Donald Tramp maʼmuriyatining radikallashuvi tushunarli hol, deb hisoblaydi R Fanlar Akademiyasining havfsizlik masalalarini tadqiq qilish markazi eksperti, amerikashunos Konstantin Bloxin.

"Amerika prezidenti mamlakat Davlat kotibi lavozimiga Pompeoni tanlab olgani esa buning yaqqol dalilidir", — deb qoʻshimcha qildi ekspert.

"Pompeoning hozirgi bayonoti shu paytgacha Rossiyaga nisbatan boʻlgan munosabatlarning barchasi "xamir uchidan patir" boʻlganidan dalolat bermoqda. Mana endi esa AQSH Rossiya bilan jiddiy shugʻullanishga kirishgan va soʻnggi amalga oshirayotgan tashabbuslari ham aynan shu munosabat bilan qilinmoqda. Ular goʻyoki, biz Rossiya bilan jiddiy shugʻullanmaganmiz, u bizga kerak emas edi, Rossiyaga nisbatan mana endi haqiqiy siyosatimiz boshlanmoqda demoqchiday. Bu qisman axborot-psixologik urushi. Biz Sovuq urush-2.0 qanday avj olayotganiga guvoh boʻlmoqdamiz. Bizga Shimoliy Koreyaga singari bosim oʻtkazishmoqda. Bizni mustahkamligimizni tekshirishmoqda, bizni sinashmoqda, bizni ichki tomondan zaiflashtirishga, hadik kayfiyatiga tushirib qoʻyishga intilishmoqda. Ular bizning xalqimiz bularga javoban matonat va jasoratni namoyon etishlarini tushunishmayapti", — sdedi Konstantin Bloxin Sputnik radiosi efirida.

Teglar:
SSHA, urush, Rossiya, AQSH

Asosiy mavzular