08:25 05 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
267101

Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenko harbiy kiyimlar haqida oʻz fikrlarini bildirdi

TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi mamlakat harbiy xizmatchilari uchun moʻljallangan harbiy kiyim namunalarini havola etdi.

Avvalroq Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev harbiy liboslar milliylikni aks ettiradigan, tarixda qoladigan boʻlishi kerakligini, bu masalani har tomonlama oʻylash, loyihalarni xalq muhokamasiga qoʻyish zarurligini taʼkidlagandi. Masalaning dolzarbligi boʻrttirilmagan, zero gap kamuflyajga aylantirilgan oddiy kiyim haqida emas, armiyaning jangovar tayyorgarligi haqida bormoqda.

Harbiy libos jismoniy va harorat taʼsirlariga chidamli boʻlishi, poligonlarda "oqadigan" terni oʻziga yaxshi shimib olishi va bugʻlashi, sovuq havoda isitishi va yoz jaziramasidan saqlashi, turli ashyolarni olib yurish uchun qulay boʻlishi darkor. Mato issiqda mashʼaladek yonmasligi (janglarda BMP va tanklar yonadi) yoki yomgʻirda ivib ketmasligi kerak. Poyabzal ham harbiy xizmatchini ham sovuqdan, ham sahrodagi 80 darajali qaynoq qum olovidan saqlashi lozim. Shu bilan birga, libos qulay va bejirim boʻlishi kerak.

Oʻttiz yillik harbiy xizmat davomida men turli sifatdagi, turli oʻzgarishlarga uchragan kiyimlarni turli iqlim sharoitlarida kiyib koʻrganman. Balki menday amaliyotchining qarashlari foydadan xoli boʻlmas.

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi saytida qator harbiy kiyimlar namunalari berilgan. Biz ayrim namunalarni birinchi navbatda moʻljallangan holatga muvofiqligi va respublikaning keskin iqlimiga (qishda —12 darajadan yozda +37 darajagacha harorat) mos kelishi nuqtai nazaridan koʻrib chiqamiz.

Ayyor sintetika

Kapyushonli qishki dala kurtkasi ofitser va serjantlar tarkibidagi shartnoma boʻyicha harbiy xizmatchilarga xizmatni oʻtash, dala mashqlari va jangovar harakatlar vaqtida kiyish uchun moʻljallangan.

Kurtkaning tashqi qismi yuqori darajadagi mustahkamlikka ega "Rip-stop" ip tolasi (60%) va poliester (40 %) matodan tayyorlangan. Bu matodagi kichik teshiklar, yirtiq yoki kesilishlar uning yirtilishda davom etishiga va yirtilgan joy kattayib ketishiga yoʻl qoʻymaydi ("rip" — yirtilish va "stop" — toʻxtatish). Kurtka yomgʻir va shamoldan himoya qiladi, uchqundan alanga olmaydi. Bundan tashqari, xollofayber deb nomlanuvchi isituvchi mato qoplangan. Isituvchi matoning qalinligi togʻlardagi qishki haroratga javob beradigan boʻlsa, baribir 100 % kimyoviy toladan tashkil topgan astar ikkilanish uygʻotadi.

Variantы novoy formы dlya voyennoslujaщix Uzbekistana
Foto: Minoboronы Uzbekistana
Variantы novoy formы dlya voyennoslujaщix Uzbekistana

Mening fikrimcha, haddan ortiq sintetika – harbiy xizmatchining dushmani, chunki u elektrlashadi va qorongʻida nurlanib, dushmanga nishon boʻlish ehtimolini oshiradi.

Rossiya armiyasi shunday kurtkalar bilan taʼminlanganida (2010 yil) ular —15 darajadan past haroratda isita olmagan (shamollash kasalliklari ortib ketgan), tik yoqasi esa boʻyinni shilib tashlagan. Umuman olganda, amerikaliklar libosini asos qilib olish xato qaror boʻlib chiqqan.

Rossiya harbiylarining yangi avlod libosi minglab harbiylarning fikrlari asosida ishlab chiqilgan. Bu kiyim matosi 65% paxta va 35% polimer materiallardan tashkil topgan. Har bir askar ob-havo sharoiti va oldiga qoʻyilgan vazifadan kelib chiqib oʻziga kerakli unsurlarni tanlashi uchun harbiy libos turli variantlarda tayyorlangan.

Yozgi va kundalik (ofis uchun) kiyimlar ham "Rip-stop" va 100% kimyoviy tola formulasini takrorlaydi.

Hattoki "Polo" koʻylagi ham issiq havoda odamni "tishlaydigan" va badanga yopishib qoladigan 35% sintetikadan tashkil topgan. Poligonlarda esa kir yuvish masalasi muammo hisoblanadi.

Variantы novoy formы dlya voyennoslujaщix Uzbekistana
Foto: Minoboronы Uzbekistana
Variantы novoy formы dlya voyennoslujaщix Uzbekistana

Sobiq sovet armiyasining paxtadan tikilgan kiyimlari bir haftada qancha ter va tuzni oʻziga shimib olsa ham yaroqliligini yoʻqotmaganligini bugungi kunda kamdan-kam odam eslasa kerak (faqatgina yoqa ichidagi oq mato almashtirilardi).

Kiyim – qoʻshinlar jangovar tayyorgarligining ajralmas qismi. Shu bois mato tarkibi borasida tejamkorlik qilmaslik kerak. Sintetika qancha kam boʻlsa, qulaylik va chidamlilik shuncha koʻp, jangovar tayyorgarlik shuncha yuqori boʻladi.

Poyabzal ham qurol

Armiya etiklari va paytavalar allaqachon oʻtmishda qolib ketgan. Ammo qoʻnjli botinkalar muhokama uchun mavzu boʻlib qolishi ularning urfda ekanligidan darak beradi. Ular yengil va qulay yoki ogʻir, charchatuvchi boʻlishi mumkin. Koʻp narsa xom ashyo va ishlab chiqaruvchi firmaga bogʻliq. Odatda, bunday botinkalar yozda issiq, qishda sovuq boʻladi. Askarning oyogʻi esa jang maydonidagi harakatning asosi hisoblanadi.

Yana bir muhim unsur – jangovar holat va poligonlarda kir yuvadigan mashina hamda issiq suv boʻlmaydi, shu bois bunday poyabzallar paypoq zaxirasini talab qiladi. Yaqin vaqtlargacha Rossiya armiyasida askar uchun yiliga 12 juft paypoq berilardi, bu oz. Oʻttiz kilometr yoʻl bosgan askarning paypogʻi va oyogʻi qanday holatda boʻlishini tasavvur qilish oson.

Armeyskiye bertsы dlya uzbekskoy armii
Minoboronы Uzbekistana
Armeyskiye bertsы dlya uzbekskoy armii

Taʼkidlash joiz, oʻzbek armiyasi faqatgina paradlarda qatnashish uchun tashkil etilmagan. Xudo koʻrsatmasin, jiddiyroq jangovar holat yuz bergudek boʻlsa, armiyaga oq yoqalar, etik va paytavalar birpasda qaytishi mumkin (ular ancha qulay va sintetikadan koʻra gigiyenikroq). Aytishadi-ku, GLONASS — yaxshi, ammo etik ichidagi topografik xarita bilan hech qachon yoʻldan adashmaysan.

Ishonchim komil, harbiy poyabzallar ishlab chiqarish bilan modelyerlar emas, jiddiy ilmiy-tadqiqot institutlari shugʻullanishi shart. Zamonaviy harbiy kiyim yaratish uchun umumxalq muhokamasi emas (milliy xususiyatlar hisobga olingan holda), balki bu kiyimlarning jangovar holatini ekstremal sharoitlar – yozda choʻlda va qishda togʻda butun armiya miqyosida sinab koʻrish kerak boʻladi. Yangi liboslar ana shunday (uzoq) sinovlardan keyingina ular uzoq yillar davomida yuqori samaradorlik bilan xizmat qiladi.

Asosiy mavzular