06:26 25 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Kurash, Shaxrisabz

Oʻzbek kurashi - polvonlar emaklamaydi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Analitika
Havola olish
Dilshoda Rahmatova
230370

Qizlar bilan olishgan, urushlarni hal qilgan, milliy ozodlik uchun kurashgan polvonlar; xalqaro darajadagi kurashlar taqqosidan tugʻilgan fikrlar

Insoniyat paydo boʻlibdi-ki, bir-biri bilan kurashadi… Kurash tushib keladi…

Oʻylayman-ki, bu oʻrinda gap sport turi haqida ketayotganini tushundingiz.

Kurash
Press-slujba Mejdunarodnoy Assotsiatsii Kurash
Darhaqiqat uning tarixi insoniyat tarixi bilan teng. Misrliklar eramizdan 25 asr avval ham kurash bilan shugʻullangan. Oʻzbekiston hududidan jez davriga oid, eramizdan 15 asr burun yasalgan, kurash tushayotgan polvonlar haykalchalari topilgan, qadimgi greklar sportning bu turini yaxshi koʻrishgan va unga sportday emas, fanday munosabatda boʻlishgan.

Mana, shularning aks-sadosi oʻlaroq Shahrisabzda har toʻrt yilda bir marotaba, xususan, joriy yil 19-23 aprel kunlari "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Amir Temur xotirasiga bagʻishlangan VII xalqaro turnir" musobaqasi oʻtkazildi.

Ushbu tadbirni yoritishda Sputnik Oʻzbekiston muxbirlari ham qatnashdi. Dunyoning 30ga yaqin mamlakati polvonlari Shahrisabzda gilamga  tushgan kuni texnik sabablarga koʻra, tadbirni yoritish imkoni boʻlmadi. Ammo mana bugun, biroz kechikib boʻlsada, turnirdan olgan taassurotlarimiz asosida oʻzbek kurashi, uning falsafasi va jahon sportining ushbu tur orasidagi oʻrni haqida ikki ogʻiz mulohazalarimiz bilan oʻrtoqlashmoqchimiz.

Xullas, qadimgi Yunonda, Rimda, Yaponiyada, Xitoyda va, nihoyat, Markaziy Osiyoda kurash azaldan mavjud edi.

Kurash, albatta, ikki kishining oʻzaro kuch sinashi, biri ikkinchisini yengish uchun qiladigan harakatlargina emas, buning oʻz falsafasi, mazmuni, mohiyati bor. Xoʻsh, oʻzbek kurashining jahon sportidagi eng yorqin turlar — yunon-rum kurashi, erkin kurash, dzyu-do va sambo kabilardan farqi nimada?

Barchasining maqsadi bitta — raqibni yengish, yengganda ham kuragini yerga tekkizib, yengish. Faqat bunga erishish yoʻllari, usullari biroz farqlanadi.

Aslida "kurash" soʻzi halollik va toʻgʻrilikni ifodalaydi. Boshqa turlarni kamsitmagan holda aytish mumkin-ki, oʻzbek kurashi ularning orasidagi eng toʻgʻri va haloli.

Yunon-rum kurashini oling. Uning asoslari qadimgi Yunonistonda yaratilgan va dastlabki olimpiadalar dasturida boʻlgan. Unda raqibning qoʻli, boʻyni, tanasidan tutib, kuragiga yiqitish lozim. Bunda oyoqni ishlatib usullar qoʻllash mumkin emas.

Finalы greko-rimskoy borbы v vesovыx kategoriyax 59, 71, 80, 98 kilogramm IV Igr Islamskoy solidarnosti
© Sputnik / Murad Orujov
Finalы greko-rimskoy borbы v vesovыx kategoriyax 59, 71, 80, 98 kilogramm IV Igr Islamskoy solidarnosti

Erkin kurash-chi? Unda oyoq-qoʻlni erkin ishlatish, qoʻl bilan tananing pastki qismidan tutishga ruxsat etilgan.

Olimpiada 2016. Volnaya borba. Mujchinы. Tretiy den
© Sputnik / Konstantin Chalabov
Olimpiada 2016. Volnaya borba. Mujchinы. Tretiy den

Yapon kurashi — dzyu-doning falsafasi, tartib-qoidasidan koʻrinadiki, u biroz ayyorlik va epchillikdan iborat. Uning yaratilishi haqidagi rivoyatni eslang: tabib Akayama qish kuni qordan egilgan daraxt shoxlarini kuzatadi. Shoxlarning baquvvati qor ogʻirligini sobit turib koʻtarmoqchi boʻladi va "qars" etib sinadi. Nimjon shoxlar esa ogʻirlikdan egilib, nihoyat ustidan qorni tushirib yuborib, oʻz holiga qaytadi.

Shunda Akayama yengish uchun yon bosish gʻoyasini oʻylab topadi va u yaratgan tartib-qoidalar asosida keyinchalik dzyu-do yuzaga keldi. Yaʼni raqibning kuchini uning oʻziga qarshi ishlatadigan kurash turi. Bu turda, qoidalar erkin, unda ogʻriq va boʻgʻish usullariga ruxsat etilgan.

Sorevnovaniya po dzyudo
Sorevnovaniya po dzyudo

Sambo — kurashning bu anchayin kenja turi oʻzidan burun paydo boʻlgan yakkakurashlarning koʻpidan turli usullarni, xususan oʻzbek kurashining ham tartib-qoidalarini qabul qilgan. Anchayin erkin.

Sambo
© Sputnik / Vasiliy Ponomarev
Sambo

Oʻzbek kurashi ham mana shu oilaning toʻlaqonli aʼzosi sifatida oʻzida xalqning mardlik, tantilik, haqqoniylik kabi sifatlarini mujassam qilgan. Uning qoidalariga bir qoʻr nazar solsangiz buni darrov ilgʻaysiz.

Oʻzbek kurashi oʻz tartib-qoidalari bilan qayd etilgan toʻrt turning oʻrtasida turadi. Unda yunon-rum yoki erkin kurashdagi kabi gilamda "emaklash", yudzyu-do va sambodagi kabi har qanday usulni qoʻllab, raqibni yengish tartibi yoʻq.

Unga mardonavorlik xos, u polvonni, yengishi, yengilishidan qatʼiy nazar, hurmat qiladigan sport. 

Kurash
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Kurash

Milliy kurashning ushbu qoidalari toʻgʻrisida Ibn Sino "Tib qonunlari"da koʻrsatib oʻtgan.

Xalq hayotda raqiblari bilan qanday kurashsa, sportda ham shu kabi qoidalarga amal qiladi.

Aytishadi-ku — sport tinchlik elchisi! Bu gap shunchaki yoki sport tinchlik yoʻlida kurashgani uchun aytilmagan. Azal-azaldan dono rahbarlar boshqargan davlatlar kim kuchliligini bilish uchun armiyalar oʻrtasida janglar oʻtkazish oʻrniga, musobaqalar uyushtirgan va kim gʻolib boʻlsa, oʻsha kuchli sanalgan, urishishga hojat qolmagan. Hozir ham qaysidir maʼnoda davlatlar shunday usulni qoʻllamoqda. 

Qaysi davlat kuchliligini urishib emas, stadionlarda aniqlab qoʻya qolishadi. Kurash esa aynan shu yoʻnalishga — munosabatlarni tinchlik orqali hal etishga qaratilgan. Unda oʻzaro kuch sinashishning ramziyligi bor. Chunki u ogʻriq orqali raqibni yengishni nazarda tutmaydi, unda jon holatda, emaklab boʻlsa ham raqibni yengishga urinish yoʻq (polvon gilamda emaklab yurmasligi lozim, yengishi, yengilishidan qatʼiy nazar uning shaʼni muhim).

Kurash koʻproq kuch emas, aqliy salohiyat, maʼnaviy qarashlar majmui ekanini shundan bilish mumkin-ki, polvonlar jamiyatda ogʻir-bosiqlik, tantilik timsoli, shunga sodiq boʻlishga intiladi. Oʻzbek tilida "polvon" soʻzi har doim tantilik, mardlik, jumardlik kabi soʻzlarning sinonimi boʻlib kelgan.

Yana bir gap, oʻtgan asrning boshlarida milliy ozodlik uchun kurashgan jangchilarni polvonlar boshqargan. Bir paytlar ularni "qoʻrboshi", deb atashgan va bu soʻz salbiy tusga ega boʻlib qolgan edi.

Aytish lozim, XIX asrning oxiri, XX asrning boshlari oʻzbek kurashchilarining oltin davri edi. Aynan shu davrda butun dunyoga nom taratgan Ahmad polvon, Xoʻja polvonlar faoliyat koʻrsatgan edi.

2018 yilgi Amir Temur xotirasiga oʻtkazilgan xalqaro turnirda Prezident sovrini sohibi - qashqadaryolik polvon Sherali Joʻrayev
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
2018 yilgi Amir Temur xotirasiga oʻtkazilgan xalqaro turnirda Prezident sovrini sohibi - qashqadaryolik polvon Sherali Joʻrayev

Yunon tarixchilarinin yozib qoldirishicha, Oʻzbekiston zaminida yashagan sak qabilasi qizlari oʻziga turmush oʻrtogʻini u bilan kurash tushib, tanlagan. Keyinchlik ular kuyovni shart qoʻyish yoʻli bilan aniqlagan.

Kurash orqali jahon sport maydonlarida oʻzbek soʻzlari jaranglayotgani haqida koʻp aytiladi. Asosiysi, ushbu soʻzlar ifodalaydigan maʼnoda. Kurashda polvon olishi mumkin boʻlgan eng yuqori baho — "halol".

Eng yuqori jazo esa "gʻirrom". Shu soʻzlarning oʻziyoq oʻzbek kurashining maʼni-mohiyatini toʻliq ochib beradi!

Teglar:
Shahrisabz, Amir Temur, kurash

Asosiy mavzular