Nikolaychuk: Mirziyoyev tashqi siyosatda sobitqadamlik bilan ilgarilamoqda

© Sputnik / Aleksey TixomirovEkspert Rossiyskogo instituta strategicheskix issledovaniy Igor Nikolaychuk
Ekspert Rossiyskogo instituta strategicheskix issledovaniy Igor Nikolaychuk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya strategik tadqiqotlar instituti (RISI) mintaqaviy xavfsizlik muammolari bo‘limi boshlig‘i Igor Nikolaychuk Turkiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

TOShKENT, 4-may – Sputnik. Turkiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi — Shavkat Mirziyoyevning mamlakat imijini va prezident sifatida o‘z imijini xalqaro maydonda mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi yutug‘idir, dedi Rossiya strategik tadqiqotlar instituti (RISI) mintaqaviy xavfsizlik muammolari bo‘limi boshlig‘i Igor Nikolaychuk Sputnik radiosiga bergan intervyusida.

Prezidenti Uzbekistana i Tursii Shavkat Mirziyoyev i Redjep Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Erdo‘g‘onga: O‘zbekistonning eshiklari sizlar kabi yaqin qardoshlarimiz uchun doimo ochiq

"Men Shavkat Mirziyoyev dunyo siyosatida yangi rolga da’vogarlik qilayotgan mamlakatning yetakchisi sifatida o‘z xalqaro nufuzini ko‘tara olganining isbotini ko‘rmoqdaman. Mirziyoyev mintaqada, O‘zbekiston ichida va O‘zbekiston tashqarisida barqarorlik va farovonlik bo‘lishi uchun nimadir qilishni istayotgan rahbar vazifasini uddalay olayotganini namoyish etmoqda", — dedi Nikolaychuk.

Ekspertning fikricha, Erdo‘g‘onning tashrifi Turkiya uchun ham, O‘zbekiston uchun ham foydali va bu tashrif Turkiyaning "Buyuk Turon" doktrinasidan mutlaqo xoli.

"Mazkur tashrif Turkiyaning panturkizm bilan bog‘liq tashqi geosiyosiy doktrinasidan mutlaqo xoli. Turkiya endilikda Markaziy Osiyo mintaqasiga etnik va tarixiy yaqin xalqlarni o‘z izmiga solishni istaydigan mamlakat sifatida kelmoqchi emas. Bu esa shaxsan Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining diplomatik muvaffaqiyatidir", — dedi Nikolaychuk.

Yangiliklar lentasi
0