O‘ho‘: "savalangan" Yoshlar Ittifoqi, xalq g‘azabini qo‘zg‘agan oper va narxlangan san’atkorlar

© SputnikUzbekskie militsioneri
Uzbekskie militsioneri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan hafta O‘zbekistonda shov-shuvli voqealarga boy bo‘ldi. Xususan mamlakatda ish haqi, pensiyalar va nafaqalar oshirildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan tizimli ishlash, ular uchun munosib sharoitlar yaratish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazdi. Oper voqeasi haftaning eng shov-shuvli xabariga aylandi

Shunday qilib, iyul oyi boshlanishi bilan O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshirilishi

O‘zbekiston prezidenti 2-iyulda ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida farmonni imzoladi. Farmon talablariga ko‘ra, 2018-yil 15-iyulidan budjet muassasalari xodimlarining ish haqi, penciyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,07 baravar oshiriladi.

O‘zbekistonda ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshirildi

Hujjatga ko‘ra, endilikda O‘zbekistonda eng kam: ish haqi — oyiga 184 300 so‘m; yoshga doir penciyalar — oyiga 360 460 so‘m; bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 360 460 so‘m; zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 221 190 so‘m miqdorida etib belgilanadi.

Mirziyoyev "Yoshlar Ittifoqi"ni keskin tanqid qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-iyulda yoshlar bilan tizimli ishlash, ular uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda "Yoshlar Ittifoqi"ni keskin tanqid ostiga oldi.

"Har bir yoshning jamiyatda munosib o‘rnini topishi uchun ularni qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratishni islohotlarimizning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab, keng ko‘lamli amaliy ishlar olib bormoqdamiz. Jumladan, "Kamolot" yoshlar harakati negizida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqini tuzdik, yoshlar bilan ishlashda yangi tizim va yondashuvlarni joriy etapmiz. 30-iyunda mamlakatimizda birinchi marta "Yoshlar kuni"ni keng nishonlab, yangi ijobiy an’anani yo‘lga qo‘ydik. Ammo yoshlar bilan ishlashda hamon kamchiliklar mavjud.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev "Yoshlar Ittifoqi"ni keskin tanqid qildi

Jumladan, katta maqsadlar bilan tuzilgan Yoshlar Ittifoqi yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlashga, ularning muammolarini hal etishda yetarlicha e’tibor bermayapti. Tashkilot o‘tkazayotgan ayrim tadbirlar dabdababozlik, o‘zini "ko‘z-ko‘z" qilishga o‘xshab qolayapti", — dedi O‘zbekiston rahbari.

Shuningdek, 4 ta sektor rahbarlarining ko‘pchiligi hali yoshlar masalasi bilan to‘la shug‘ullanmayotgani qayd etib o‘tildi.

Joriy yil o‘tgan davrida sodir etilgan 17,5 ming jinoyatning qariyb 31 foizi yoshlar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. O‘zbekiston bo‘yicha jinoyat sodir etgan 22 ming shaxsning 11 ming nafarini yoshlar tashkil etib, bu ko‘rsatkich Andijon, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida, ayniqsa, yuqoriligicha qolmoqda. Qashqadaryoda jinoyat sodir etgan yoshlarning 70 foizini o‘qimaydigan va ishlamaydiganlar tashkil etgan (Andijonda 57, Surxondaryoda 43, Jizzaxda 42 foizga teng).

San’at Umarov ishi

Chorshanba kuni internetda IIB xodimi qo‘lga olingan ayol kishining sha’ni va obro‘sini tahqirlagani tasvirlangan video tarqaldi.

Videotasvirda o‘zi ko‘rinmaëtgan erkak kishi kamera qaratilgan aëlni qattiq haqorat bilan kiyimlarini yechib, qip-yalang‘och bo‘lishga majburlaydi. Kadr ortida yana bir aëlning ayni do‘q-po‘pisa ostida yechinishga majburlanaëtgani ovozi eshitiladi.

Tahqirlangan ayol: San’at Umarovga hech qanday da’vom yo‘q

2018 yil 22-iyunda o‘sha tahqirlangan ayol (N.T.) Samarqand viloyat DXX boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, Kattaqo‘rg‘on shahar IIB tezkor vakili S.Umarov va boshqalar uni haqorat qilib, yechinishga majbur qilishganliklarini ma’lum qilgan.

Prokuratura Kattako‘rg‘on shahar IIB tezkor vakili Umarovga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Umarov ichki ishlar organlaridan salbiy harakatlari uchun bo‘shatilgan. Hozirda unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Kattaqo‘rg‘on shahar IIBda xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Bu o‘ta salbiy holat bo‘yicha o‘zbekistonlik internet foydalanuvchilar tomonidan keskin tanqidiy fikrlarni bildirishi to‘xtamayapti.

O‘z navbatida Bosh prokuratura, IIV rasmiy munosabatlar e’lon qilishdi. IIV rahbariyati bunday salbiy holatlarni aniqlash, oldini olish va ichki ishlar organlari saflarini nopok, tasodifan kirib qolgan xodimlardan tozalash maqsadida, doimiy ravishda keskin choralar ko‘rib borilishi ma’lum qildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Xotin-qizlar raisi Tanzila Norboyeva, Samarqand viloyati xotin-qizlari qo‘mitasi raisi Hamrotosh Shodiyeva "nopok oper" hatti-harakatlarini keskin qoralab chiqdilar.

Narxi belgilangan san’atkorlar

"O‘zbekkonsert" to‘ylarga chiqadigan san’atkorlarning imtiyozli narxga ega ro‘yxatini tuzdi. San’atkorlar xizmat narxlari osh tadbirlarini o‘tkazish 500 mingdan 800 minggacha, to‘y va yubiley tadbirlarini o‘tkazish esa 800 ming so‘mdan 1,5 million so‘mgacha belgilab qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev 29-iyunda Toshkentdagi Olmazor tumani faollari bilan o‘tkazgan yig‘ilishda dabdabali to‘ylar mavzusida ham o‘z fikrlarini gapirdi.

Seremoniya brakosochetaniya - Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekkonsert” to‘yga chiqadigan san’atkorlar ro‘yxati va ularning narxlarini belgiladi

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, dabdabali to‘ylarni hech kim o‘z maoshi evaziga qilmaydi. Bu esa, og‘ir ahvolda kun kechirayotgan aholi g‘azabini keltirishi mumkin.

"Tasavvur qiling, oyligi yo‘q, ishi yo‘q, shifoxonaga borishga, dori olishga puli yo‘q odamga 20 ta mashinada to‘y qilgan odam qanday ko‘rinadi? Yoqadimi? Men o‘ylayman yoqmaydi. Adolatsiz. Man-man degan odamga bitta savol: shu zo‘r to‘y qilgan odam oyligiga qila oladimi? Eng oddiy fuqaromiz ham sal o‘zini tiklab olsin. Uni, kechirasiz, oddiy tilda aytganda, g‘azabini keltirmaylik", — degan edi O‘zbekiston rahbari.

Yangiliklar lentasi
0