23:13 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Analitika
Havola olish
191301

Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 609,1 ming soʻmni tashkil etgan

TOSHKENT, 15 iyul – Sputnik. Oʻzbekistonda axborotlashtirish va aloqa sohasi xodimlarining oyligi eng tez surʼatlarda ortmoqda. Bu haqda Statistika qoʻmitasi hisobotida maʼlum qilindi.

Tahlilga koʻra, 2018 yil yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 609,1 ming soʻmni tashkil etgan. Bunda ish haqiga ustama, mukofot, ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi toʻlovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad soligʻi, ijtimoiy sugʻurta va kasaba uyushmasiga toʻlovlar ham mavjud.

“2018 yil yanvar-iyun oylarida respublikadagi oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan moliyaviy va sugʻurta faoliyatida 89,9 % ga, axborot va aloqada 88,3 % ga, sanoatda 51,9 % ga, tashish va saqlashda 33,5 % ga yuqorini tashkil etgan boʻlsa, aksincha sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishda 34,2 % ga, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarda 28,8 % ga, taʼlimda 22,3 % ga kamni tashkil etmoqda”, - deyiladi hisobotda.

Hisobotda aytilishicha, 2018 yilning birinchi yarmida axborotlashtirish va aloqa sohasi xodimlarining oʻrtacha ish haqi 3,03 million soʻmni tashkil qildi. Oʻtgan yilning mos davriga solishtirganda oʻsish surʼati 32,9 foizga teng.

Taʼlim sohasida ishlovchilarga hisoblangan oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 250,4 ming soʻmni tashkil etgan va 2017 yilning mos davriga nisbatan 15,2 % ga oʻsgan.

Sanoat sohasida ishlovchilarga hisoblangan oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2 443,6 ming soʻmni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 30,2 %ga oʻsganligi aytilmoqda.

Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida ishlovchilarga hisoblangan oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 058,5 ming soʻmni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 16,8 %ga, tashish va saqlash sohasida ishlovchilarga hisoblangan oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2 148,3 ming soʻmni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 22,1 %ga oʻsgan.

Moliyaviy va sugʻurta faoliyati sohasida ishlovchilarga hisoblangan oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3 054,9 ming soʻmni tashkil etib, 2017 yilning davriga nisbatan 25,4 %ga oʻsgan.

Asosiy mavzular