Bagdasarov: noqonuniy madrasalarga qarshi kurash keskin bo‘lishi lozim

© Sputnik / Vladimir TrefilovSemen Bagdasarov
Semen Bagdasarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Bu holat yangilik emas, sovet davrida ham shunday bo‘lgan.... Xufiyona tuzilgan maktablar sovet davrida ham bor edi. Sal keyin shular negizida turli radikal harakatlar vujudga kelgan", - deydi ekspert

Davlatning noqonuniy madrasalarga qarshi keskin kurash olib borishdan boshqa chorasi yo‘q, dedi Sputnik O‘zbekiston radiosi efirida Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlarini o‘rganish markazi rahbari Semon Bagdasarov.

Uchitel musulmanskoy religioznoy shkoli, uchit svoix uchenikov - Sputnik O‘zbekiston
DXX yil boshidan buyon 116ta "hujra"lar faoliyatini to‘xtatdi

"Bu holat yangilik emas, sovet davrida ham shunday bo‘lgan.... Xufiyona tuzilgan maktablar sovet davrida ham bor edi. Sal keyin shular negizida turli radikal harakatlar vujudga kelgan", - deydi ekspert.

Bagdasarovning fikricha, bu singari yashirin ta’lim maskanlarining mavjudligi xavfli tendensiya. Ular davlat nazorati sustlashgan joylarda vujudga keladi.

"Davlat, terrorchilik guruhlari tashkil topishidan havotirlanib, bu kabi holatlarni nazoratga oladi", - dedi Bagdasarov.

Suhbatdoshning ta’kidiga ko‘ra, bu singari tendensiya nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyoda kuzatilmoqda. Ammo davlat, radikal oqimlarga qarshi kurash istagida, qat’iy choralarga boradi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan joriy yil birinchi yarim yilligida 116ta noqonuniy "hujralar" aniqlangani va ular faoliyati to‘xtatilgani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0