21:31 15 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Boyeviki dvijeniya Taliban

Moskvadan Toshkentga: nima uchun Afgʻoniston boʻyicha muzokaralar manzili oʻzgartirildi

© REUTERS / Parwiz Parwiz
Analitika
Havola olish
Viktoriya Panfilova
241450

Afgʻoniston markaziy hukumati va “Tolibon” harakati vakillari oʻrtasida ushbu davlatda vaziyatni tartibga solish boʻyicha muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan konferentsiya sanasi nomaʼlum muddatga qoldirildi.

Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov oʻrtasida boʻlib oʻtgan telefon muloqotidan soʻng ushbu qaror qabul qilindi. Afgʻon muzokaralarini oʻtkazish uchun barqaror maydon Toshkent boʻlishi mumkin. Bu imkoniyatni Qobuldagi muzokalarda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov muhokama qildi.  

Sentyabr boshida Rossiyada Afgʻoniston boʻyicha Moskva formatida navbatdagi yigʻilish oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. Bu format afgʻon mojarosini tartibga solish maqsadida ikki yil oldin boʻyicha Rossiya tomon tashabbusi bilan tashkil etilgan maxsus maydondir.

Ishtirokchilar sifatida 12 ta davlat taklif etilgan: Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy, Hindiston, Pokiston, shuningdek AQSH.

Ashraf Gʻanining diplomatik harakatlari

Uchrashuv tarixiy boʻlish uchun barcha imkoniyatlarga ega edi. Birinchi navbatda muzokaralar stolida ilk bor afgʻon markaziy hukumati vakillari va muxolifatchilar - “Tolibon” harakati vakillari uchrashishi kerak boʻlgan. Moskva ushbu konferentsiyani oʻtkazishga qaror qildi. Biroq Qobuldan kutilmagan qoʻngʻiroq rejalarni oʻzgartirdi: Ashraf Gʻani  va Sergey Lavrov uchrashuvni boshqa sanalarga koʻchirishga kelishib olishdi.  

Muammolar bir kun avval boshlangandi. Dastavval, Vashington, keyinchalik Qobul yigʻilishda ishtirok etishdan bosh tortdi. Afgʻoniston parlamentining yuqori palatasi raisining birinchi oʻrinbosari Muxammad Allam Izidiyor soʻzlariga koʻra, Qobulning Moskva uchrashuvida ishtirok etmasligi afgʻon hukumatining AQShga bogʻliq ekanligini yana bir bor isbotladi.

Gʻaniga yaqin boʻlgan afgʻon OAVlari bu format toʻliq bekor qilinganligi va Qabul va shaxsan Gʻanining diplomatik gʻalabasi sifatida yoritishmoqda.  

“Ashraf Gʻani Sergey Lavrovga nima vaʼda qilganligi nomaʼlum. Biroq Afgʻoniston va uning bosh ittifoqchisi – AQSH Moskva formatiga qiziqish boʻlmaganligini koʻrish mumkin. Bundan tashqari, ular ushbu jarayonni buzishdan manfaatdor edilar. Shunday ham boʻldi. Konferentsiyani oʻtkazish sanalari koʻchirilgan boʻlsa ham, “Tolibon” bilan bu koʻchirish kelishilmagan. Kelajakda toliblar Moskva formatiga qiziqish bildirishi ehtimoldan yiroq”, - deb fikrini bildirdi Afgʻonistonni oʻrganish markazi direktori Omar Nessar. Ekspert fikriga koʻra, toliblarsiz Moskva protsessi oʻzining oʻziga xosligini yoʻqotadi.

Moskva formatini Toshkent formatiga oʻzgartirilishi mumkin

Nessar fikriga koʻra, afgʻon muzokaralarini oʻtkazish uchun barqaror maydon Toshkent boʻlishi mumkin. Bu maydon AQSH va toliblar uchun qulay.

“Agar Toshkent platformasi toʻliq ishga tushsa, Moskva formatini oʻtkazishda mantiq boʻlmaydi”, - deb hisoblaydi ekspert.

Ma’no tadqiqot tashabbuslar markazi direktori Baxtiyor Ergashev Moskva konferentsiyani oʻtkazmaslik sababi Afgʻonistondagi vaziyatni tartibga solish tashabbusini Rossiya oʻziga tortishga urinish boʻlishi mumkin deb hisoblaydi.

“Birinchi daraja oʻyinchilar uchtaligi – Vashington, Moskva va Pekin Afgʻoniston taqdirini har biri oʻzining instrumentlari orqali haq qiladilar. Ushbu uchtalikdan biri faol ishlay boshlaganda, boshqalarning qarshiligiga sabab boʻladi, chunki ularning manfaatlari har doim ham eʼtiborga olinmaydi. Afgʻonistonning oʻzida ham Moskva formatini aniq qoʻllab-quvvatlash yoʻq. Rossiya  tojiklarga ishonch bildirib, pushtunlarni emas, Shimoliy Alyansni qoʻllab quvvatladi. “Tolibon” harakatiga nisbatan Moskva pozitsiyasi boʻyicha toliblarda ham oʻzining ishonchsizligi mavjud”, - deb taʼkidladi ekspert.

Ergashev fikriga koʻra, muzokaralarni Toshkent platformasiga koʻchirilishida Oʻzbekistonning faol mintaqaviy siyosatini amalga oshirishga intilishi va AQShning Afgʻonistondan charchaganligiga toʻgʻri keldi.

Vashingtonda prezidentlar Donald Tramp va Shavkat Mirziyoyev uchrashuvi chogʻida Afgʻoniston masalasi muhokama qilingan. Amerika Afgʻoniston boʻyicha muammoli masalalarning bir qismini Oʻzbekistonga topshirgandi.  

Nima uchun AQSH moderator vakolatlarini Oʻzbekistonga topshirdi

90-chi yillar oxiridan boshlab Toshkent Afgʻoniston boʻyicha oʻzining strategiyasiga ega va u hech qachon oʻzgarmagan.  Ularning asosiy tamoyillari: harbiy yoʻl bilan emas, siyosiy muloqot, mintaqa tashqarisidagi davlatlar Qobulga aralashuvini kamaytirish, iqtisodiyotga alohida eʼtibor qaratish.  Shu bois, Oʻzbekiston ichki afgʻon masalasini tartibga solish boʻyicha moderator boʻlishga jiddiy imkoniyatga ega. Bundan ortigʻiga Toshkent daʼvo ham qilmayapti. Asosiy kelishuvlar uchta davlatlar - AQSH, Rossiya, Xitoy tomonidan qonuniylashtiriladi.

Afgʻonistonda charchab qolish fonida AQShda ushbu davlatda oʻzining harbiylar sonini qisqartish boʻyicha rejalari bor. Bu muammo eski va bu jarayon oson boʻlmasligi tushunarli. Afgʻoniston xavfsizligi mamlakatda siyosiy vaziyatga bogʻliq, u juda barqarorsiz. Ayniqsa, milliy xavfsizlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Muxammad Xanif Atmarning isteʼfosidan keyin.

Uning oʻrniga 2015 yildan Vashingtonda elchi lavozimida boʻlgan 35 yoshli davlat xizmatchisi Xamdulla Moxib tayinlandi. Eʼtiborlisi shundaki, Moxim Britaniya fuqaroligiga ega boʻlib, AQSH fuqarosi bilan turmush qurgan. Omar Nessar soʻzlariga koʻra, prezident Ashraf Gʻanida kardlar tanqisligi bor. U faqat oʻzi ishongan odamlarni tayinlayapti. Bular kundan kunga kamayish bormoqda. Avvalgi Xamid Karzay boshqaruvi bilan solishtirilganda Afgʻonistonda vaziyat yomonlashgan. Mamlakat shimolidagi 7 dan 9 tagacha uyezdlar qurollangan muxolifatchilar tomonidan nazorat qilinadi. Har bir tomon oʻzining kuchini koʻrsatmoqda.  

“Tolibon”da yagona markaz boʻlmaganligi tufayli vaziyat tobora chigallashib bormoqda. Mamlakatga Suriyada harbiy tajriba ortirgan xorijiy yonlanmachilar oqib kelmoqda. Ularning aniq soni haqidagi maʼlumotlar turli xil. Afgʻon markaziy hukumati 9-10 ming xorijiy jangarilar haqida gapirmoqda. Rossiya esa 3-4 ming raqamlarni aytmoqda. Ammo, ularning soni qancha boʻlishidan qatʼiy nazar, ular Afgʻonistonga ham, Markaziy Osiyo qoʻshni davlatlariga ham xavf solmoqda.  

Hech qachon Markaziy Osiyoga tahdid qilmagan “Tolibon”dan farqli ularoq “Islom davlati” uyushmasi boʻlinmalarining bir qismi Afgʻoniston shimoliy tumanlardagi vaziyatni nazoratga olgandan soʻng, qoʻshni davlatlarda jiddiy qoʻporuvchilik harakatlarini amalga oshirishi mumkin.     

“Afgʻonistonda vaziyat yomonlashishi va harbiy harakatlar Markaziy Osiyo davlatlariga oʻtish xavfi mavjud. Bu asosda mamlakatni "ID"dan tozalashga yordam berish maqsadida toliblar va markaziy afgʻon hukumati oʻrtasida yagona front hosil qilish borasida kelishishga harakatlar qilinmoqda. Bu taktik vazifani amalga oshirish uchun bunday ittifoq hosil boʻladimi – bu barcha muzokaralarning dolzarb savolidir”, - deb yakunladi Ergashev.

Asosiy mavzular