07:29 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
167350

Belarus Oʻzbekistonni Markaziy Osiyo mintaqasida asosiy hamkorlardan biri sifatida eʼtirof etib kelgan. Ammo prezident Shavkat Mirziyoyev siyosati tufayli ushbu hamkorlik yangi bosqichga koʻtarilmoqda

TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 12 sentyabr kuni Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi.

Lukashenkoning tashrifidan muddao nima, degan savolga javob berishdan oldin ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning bugungi holatiga nazar tashlasak.

Belarus elchixonasi faoliyatiga 5 oy toʻldi

Oʻzbekistonda Minsk traktor zavodi mahsulotlariga talab katta.  2017-2018 yillarda Oʻzbekiston Belarus davlatidan 10 mln dollarlik traktor texnikasi va ehtiyot qismlarini xarid qilgan. Ammo rasmiy Minsk elchixonasining Toshkentda faoliyat yuritayotganiga endigina 5 oy toʻladi.

Yaʼni Mustaqillik eʼlon qilinganidan keyin Belarus Oʻzbekiston bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatgan boʻlsa-da, uning Toshkentda elchixonasi boʻlmagan.

Bu qaror oʻrtadagi munosabatlarni yanada jadallashtirish maqsadida qabul qilingani tabiiy.

Toshkent va Minsk: oʻrtada qiziqarli tadbirlar koʻp

Minsk va Oʻzbekiston oʻrtasida jamoatchilik uchun qiziqarli tadbirlar allaqachon boshlab yuborilgan. Misol uchun, joriy yil aprel oyida Toshkentda Belarus madaniyati kunlari oʻtkazilgan edi. Minsk bunga javoban Oʻzbekiston madaniyati kunlarini yil oxirida oʻtkazishni rejalashtirgan.

Oʻzbekiston va Belarusni bogʻlovchi rishtalar ham bisyor. Ilgariroq, xabar berganimizdek, Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekiston Belarusdan koʻplab ziyolilarga boshpana bergan. Oʻzbek xalqi ularni oʻz qardoshidek qarshi olgan. Bunga yorqin misol tarzida yaqinda Toshkentda byusti ochilgan belarus yozuvchisi Yakub Kolasning xotiralarini misol keltirish mumkin.

Lukashenko Mirziyoyev haqidagi eʼtirofi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko oʻz rasmiy bayonotlaridan birida Shavkat Mirziyoyev bilan soʻnggi bir yil ichida 20 yil davomida qilingan ishlardan koʻproq ishlarni amlaga oshirganini eʼtirof etgan edi.

Eng qizigʻi, Lukashenko, bu oʻzgarishlarda Oʻzbekiston rahbarining ulkan xizmatlari borligini ochiq tan olgandi.

“Mening xizmatim juda kam. Sizning prezidentingiz xizmati katta. U aqlli, iqtidorli inson, Bosh vazir sifatida ishlagan vaqtida butun dunyoni koʻrgan, nafaqat Minsk-Toshkent, balki barcha yoʻnalishlarda vaziyatni hotirjam baholagan va katta sakrashni amalga oshirdi”, - degan edi Lukashenko.

Ikki davlat oʻrtasidagi turistik hamkorlik kuchayishi kutilmoqda

Belarus va Oʻzbekiston turizm sohasida hamkorlikni kuchaytirishni rejalashtirgan. Belarus Sport vazirligi matbuot-xizmati xabariga koʻra, tomonlar ushbu sohada aloqalarni faollashtirish vaqti kelganini eʼtirof etishgan.

Oʻzbekistonning Belarusga, Belarusning Oʻzbekistonga taklif eta oladigan madaniy yodgorliklari: tarixiy obidalari, tabiiy resurslari, turistik xizmatlar majmui moʻl, deyiladi xabarda.

Asosiy masala – axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyishda. Shuningdek, ikki mamlakatning turistik kompaniyalari uchun axborot turlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston va Belarus davlatlari bugun rahbarlar darajasida munosabatlarni mustahkamlaganiga qaramay, barcha sohalarda: xoh u turizm, sport, taʼlim yoki iqtisodiy hamkorlik boʻlsin – rejalashtirilgan va amalga oshiriladigan ishlar moʻl.

Demak, Lukashenkoning Oʻzbekistonga tashrifi shunchaki “quruq” kelib ketish boʻlmaydi. Bu tashrif, Lukashenko taʼbiri bilan aytganda, oʻzbek va belarus xalqlari dasturxoniga farovonlik olib keladigan tashrif boʻlishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular