Hammasi o‘zgarishi uchun, avvalo inson o‘zgarishi kerak - Mirziyoyev nutqidagi asosiy fikrlar

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya priyema v chest Dnya Nezavisimosti
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya priyema v chest Dnya Nezavisimosti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda o‘zbekistonliklarga samimiy tabrigini yo‘lladi, maosh va stipendiyalarni oshirib borishga va’da berdi va ertangi kun rejalariga to‘xtaldi

Toshkentdagi "O‘zbekiston" forumlar saroyida mamlakat Mustaqilligining 27-yillik sanasi munosabati bilan prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi va barcha yurtdoshlarni samimiy tabrikladi.

Prezident RF Vladimir Putin i prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev (sprava) pered nachalom neformalnoy vstrechi glav gosudarstv SNG - Sputnik O‘zbekiston
Putin Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi

Prezident nutqida jarang topgan asosiy fikrlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Yangi davrga boshlagan mashaqqatli yo‘l

"Biz uchun yangi davr, erkin va ozod hayotni boshlab bergan qutlug‘ sanada xalqimiz qanday mashaqqatli va ayni paytda sharafli yo‘lni bosib o‘tganini chuqur his etamiz. Mana shunday ulug‘ ayyomda butun hayotini ozodlik uchun kurashga bag‘ishlagan, bu yo‘lda jon fido qilgan ota-bobolarimiz, mard va jasur yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltiramiz", dedi O‘zbekiston prezidenti hamda O‘zbekiston davlat Mustaqilligi asoschisi, birinchi prezident Islom Abduganiyevich Karimovning nomi hurmat va ehtirom bilan yodga olinishini ta’kidlab o‘tdi.

O‘zbekistonning jahon siyosiy maydonidagi o‘rni

Mirziyoyev O‘zbekiston Mustaqillik tufayli dunyo hamjamiyatining teng huquqli a’zosi bo‘lganini,  O‘zbekiston xalqi kelajakni o‘z qo‘li bilan bunyod etayotganini e’tirof etdi.

"Istiqlol yillarida erishilgan yutuqlarga tayanib, milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari dadil qadam qo‘ymoqdamiz", - dedi yetakchi.

2018 yilda O‘zbekistonni nimalar kutmoqda?

Mamlakat taraqqiyotini yanada yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida "Harakatlar strategiyasi" qabul qilinganini eslatdi va ushbu hujjat mamlakatga "yangi ufq va imkoniyatlarni ochib berayotganini" qayd etdi.

O‘zbekiston makroiqtisodiyoti barqaror, dedi Mirziyoyev

"Dunyo miqyosida raqobat keskinlashib borayotgan hozirgi murakkab davrda mamlakatimizning ilm-fan yutuqlari, yuqori texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish va yangilash eng muhim vazifamizga aylanmoqda. Ana shunday o‘tkir talabni chuqur anglagan holda, biz 2018-yilni yurtimizda "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili", deb e’lon qilgan edik. Bu borada qabul qilingan davlat dasturida 11 trillion 200 milliard so‘m va 1 mlrd 300 million AQSh dollariga teng hajmdagi ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan", - dedi nutqi davomida prezident. 

Reyting stran - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston - iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan davlatlar reytingida 2-o‘rinda

Mirziyoyevning aytishicha, dastur ijrosini ta’minlash uchun O‘zbekistonda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Faol investitsiya siyosati yuritilmoqda. Zamonaviy korxonalar barpo etilmoqda. Soliq tizimi tubdan isloh qilinib, tadbirkorlik va xususiy mulkni rivojlantirish, barcha soha va tarmoqlarda innovatsiya, ilm-fan yutuqlari, yangicha yondashuvlarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

"Qishloq xo‘jaligida yangi istiqbolli tarmoqlarga asos solish, klaster tizimini yo‘lga qo‘yish, fermer xo‘jaligining natijadorligini kuchaytirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Ana shunday ulkan sayi-harakatlarimiz natijasida yurtimizda makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlanmoqda", - dedi Mirziyoyev.

Odamlardagi o‘zgarishlar haqida prezident fikri

Mirziyoyev so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda "Obod qishloq", "Obod mahalla" dasturlari respublikaning eng chekka hududlariga yangilanish, bunyodkorlik nafasini olib kirmoqda. Odamlarning fikri, dunyoqarashi o‘zgarmoqda. Qishloqlarda turmush madaniyati oshib bormoqda.

Stroitelstvo doma v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda bu yil 12 yarim mingdan ortiq muhtoj oilalar uy-joy bilan ta’minlanadi

"Mana shu dasturlar ijrosi tufayli bugungi o‘zgarishlarga xalqimiz ishonch hosil qilmoqda. Sheriklarimiz ham buni ko‘rib turibdi. Bu oson marralar emas, bu juda murakkab, og‘ir, qiyin. Lekin shu bilan birga yakkayu-yagona to‘g‘ri yo‘limiz shu. Bilinglar, bundan orqaga hech qachon qaytmaymiz", - dedi O‘zbekiston prezidenti.

"Faqat o‘zimiz qilishimiz kerak"

Mirziyoyev o‘z nutqi davomida bugun hamma o‘zgarishi kerakligini, ammo ba’zi vaqtlarda ayrim joylarda o‘zgarishlar olingan reja, niyatlar bilan hamnafas bo‘lmayotgani ta’kidlab o‘tdi.

"Olgan marramiz katta. Biz endi bu marraga qadam qo‘ymoqdamiz. Juda katta kamchiliklarimiz bor. Juda katta nuqsonlarimiz bor. Hali ko‘plar nima qilish kerak, qanday qilish kerak, qachon qilish kerak - masalani chuqur anglamagani, haqiqat. Buning (masalaning) ichiga kirmasligimiz - buyam haqiqat. Lekin bitta narsani bilinglar - biz bir-birovimizni (tarbiyalayapmiz). Xalqimiz bilan birga rahbarlarimiz ham tarbiya topayapti. Xalqimizning talabchanligi ortgani sari, joylarda rahbarlarning ham dunyoqarashi o‘zgarayapti. Lekin o‘zgarish biz olgan reja, niyatlar bilan hamnafas bo‘lmayotgani buyam haqiqat. Bir narsani bilinglar, agar bu ishlarni o‘zimiz qilmasak, hech kim chetdan kelib bu muammolarni hech qachon yechib bermaydi. Qishloqlarimizdayam, mahallalarimizdayam, poytaxtimizdayam - faqat o‘zimiz qilishimiz kerak!", - dedi yetakchi.

Portfeli - Sputnik O‘zbekiston
Uychi tumanida rahbarlar “to‘rtligi” ishdan olindi

"Xalq bilan muloqot - bu vaqtinchalik kampaniya emas"

Mirziyoyev xalqning dardu-tashvishlari bilan yashash - vaqtinchalik kampaniya emasligini aytdi.

"Xalq bilan bevosita muloqot olib borish, uning dardu-tashvishlari bilan yashash, elni rozi qilish - bu vaqtinchalik kampaniya emas. Bu xalqimizning farovon hayotini, yurtimiz ravnaqini ta’minlashga qaratilgan uzoq muddatli strategiyadir".

O‘zbekiston o‘z jangovar salohiyatini oshirib boraveradi

Mirziyoyevning aytishicha, bugungi tahlikali zamonda, tinch-osoyishta, erkin va obod hayotni har tomonlama asrab-avaylash va mustahkamlash - O‘zbekistonning eng asosiy vazifasidir.

O‘zbekistonda endi tadbirkorlik faoliyati asoslari o‘qitiladi

"Shu maqsadda, Qurolli kuchlarimizning jangovar salohiyatini oshirishga bundan buyon ham alohida e’tibor qaratamiz", - dedi O‘zbekiston rahbari.

Mirziyoyev O‘zbekiston dunyo miqyosidagi keskin va beshafqat raqobatga bardosh berish uchun iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishi, jahon bozoridan munosib o‘rin egallashi mamlakatning eksport salohiyatini yanada oshirishga erishishi zarurligini ta’kidladi.

"Tadbirkorlik faoliyatining erkinligini, xususiy mulk daxlsizligini yanada kengroq ta’minlash - oldimizda turgan muhim vazifadir. Shu bois, xalqimiz boy bo‘lmasa, vatanimiz boy bo‘lmaydi degan katta shiorni o‘rtaga tashladik", - deya tushuntirdi Mirziyoyev.

Oylik, pensiya va stipendiyalar haqida

O‘zbekiston prezidenti bugungi kunda amalga oshirilayotgan barcha ishlar "katta harakatlarning boshlanishi" ekanligini qayd etdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche s aktivom Ferganskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona viloyatida "Har bir oila – tadbirkor" dasturi uchun 100 million dollar ajratiladi

"Bu borada yirik ishlab-chiqarish korxonalari bilan bir qatorda, turizm, kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, dehqon va tomorqa xo‘jaliklarini, hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratamiz. Ayniqsa, aholi salomatligini mustahkamlash, xalqimiz hayotini yanada yaxshilash, kam ta’minlangan qatlamlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirish doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ladi", - deb va’da berdi prezident.

Yangiliklar lentasi
0