06:22 23 Sentyabr 2018
Efir
  • RUB118.05
  • EUR9347.75
  • USD8039.00

Oʻzbekiston "toʻrtinchi hokimiyati"dagi tarixiy kun

Mejdunarodnыy Press klub
Analitika
Havola olish
Dilshoda Rahmatova
94850

Oʻzbekiston jurnalistikasi yangi davr - rivojlanish bosqichiga katta sakrashni amalga oshirdi. Toshkentda ochilgan va oʻz oldiga yuqori malakali kadrlarni tayyorlash maqsadini qoʻygan jurnalistika universiteti nafaqat Oʻzbekiston, balki Markaziy Osiyo mintaqasida eng obroʻli taʼlim maskaniga aylanishi ehtimoli ancha yuqori

Dunyoning eng rivojlangan davlatlaridagi taʼlim standartlarini oʻzida mujassam etgan Toshkentdagi Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti yangicha imidji, ish uslubidan tashqari, oʻz madhiyasi, bayrogʻi (!) va kinoteatriga ega.

Oʻzbek jurnalistikasiga yangi yoʻnalish belgilab berilgan kun

Esingizda boʻlsa, joriy yil may oyining 25 sanasida Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorni imzolagan va sal oʻtib, ushbu taʼlim dargohi rektori etib XPK raisi Sherzod Qudratxodjayev tayinlangani haqida maʼlum boʻlgan edi.

Oltinchi avgust kuni universitetning ochilish marosimi oldidan jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi va rektor Sherzod Qudraxodjayevning shaxsan oʻzi universitetdagi qurilish ishlaridan tortib oʻquv xonalardagi shart-sharoitlar, universitet maqsad va vazifalari hamda xalqaro aloqalar, kelajakagi rejalar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Universitet kampusi

Jurnalistika universiteti Toshkent shahri S-5 dahasidagi sobiq Dizayn kolleji binosida joy oldi. Ammo taʼlim dargohi binosida Oʻzbekistondagi barcha kasb-hunar kollejlariga xos "sariqlik"dan asar ham qolmagan.

Boʻlgʻusi jurnalistlar uchun oʻrnatilgan turniketdan iskariga qadam qoʻyishingiz bilan landshaft dizaynidan tortib, har bir installyatsiya oʻz joyini egallagan koʻrkam "shaharcha" hayotiga shoʻngʻiysiz. Va bu hudud endilikda universitet hovlisi emas, balki zamonaviy tilda - kampus deya nomlanadi.

Postanovleniye o novom vuze podpisal prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Postanovleniye o novom vuze podpisal prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev

Jurnalist xalqi ijodkorligi, kreativligi bilan ajralib turadi. Universitet kampusidagi muhitda ham ana shu kreativlik aks etgan. Kiraverishingizda chap tomonda talabalarga ular ilm dargohiga kelganlarini eslatuvchi Qadimgi Yunon ilm dargohini ifodalovchi ramziy tasvir oʻrin olgan boʻlsa, oʻng tomonda kub bilan oʻralgan oltin patqalam joylashgan "Labirint" Open Air zonasi va yoʻlak oxirida (toʻgʻrida) oʻymakor yogʻochdan yasalgan sharqona uslubdagi "Suhbat" Open Air zonasi joylashgan.

Ijodiy muhitga yanada goʻzallik baxsh etish maqsadida, universitet maʼmuriyati tomonidan yoʻlakning ikki tomoniga atirgullar, yashil maydonchalar boʻylab Italiyadan keltirilgan kameliyalar, Polshadan keltirilgan Hindiston sireni va boshqa dekorativ daraxtlar ekilgan.

Open Air zonalari bu nima?

Universitet kampusi hududida 3ta Open Air zonalari boʻlib, yuqorida ikkitasining nomlari sanab oʻtildi. Labirint Open Air zonasi - bu zonaning markazida kub bilan oʻralgan, oltin rang patqalam joylashgan va u toʻrtinchi hokimiyat darajasida qoʻllab-quvvatlanayotganini bildiradi. Atrofidagi labirint esa jurnalistning hayot va ijoddagi mashaqqatli yoʻlini ifodalaydi.

Open Air "Suhbat" - bu milliy ruhda ishlangan suhbat burchagi boʻlib, bu yerda ham kichik guruhlar bilan mashgʻulotlar oʻtkazish mumkin. Uchinchi zona esa "Sinema" nomi bilan yuritiladi va bu yerda ham talabalarga dars oʻtiladi. Universitet dekani Nozima Muratovaning aytishicha, universitetdagi taʼlim yoʻnalishlarida 10-15 nafardan talabalar tahsil olishlari tufayli, ushbu ochiq havoda joylashgan zonalar oʻziga xos "kovorking-tsentr" vazifasini oʻtaydi.

Bundan tashqari, universitet hayoti kun davomida davom etadi. Talabalar 2 smenada oʻqishadi, lekin shunga qaramay, ular bevosita, oʻquv jarayonidan tashqari, ijodlarini aynan shu hududlarda amalga oshirishlari mumkin. "Toʻgʻri, kampusimiz unchalik katta emas, lekin ijod nuqtai nazaridan yetarli hudud ajratilgan", - deb taʼkidlaydi Muratova.

Qizil gʻishtlar falsafasi

Universitetning asosiy binosi qurilishida qizil gʻishtlardan foydalangan. Bunga izoh berar ekan, universitet rektori Sherzod Qudratxodjayev dunyoning koʻplab davlatlarida oliy oʻquv yurtlari binolari qizil gʻishtdan qurilganini, bu rangdagi gʻishtlardan asosan ilm-fan dargohlari, sanʼat, madaniyat inshootlarini qurishda foydalanishini taʼkidladi.

Qoʻshimcha tarzida aytish mumkinki, "qizil gʻishtli universitetlar" Angliyada eng obroʻli olti universitetlar guruhini anglatuvchi norasmiy atama sifatida ham qoʻllaniladi.

Sherzod Kudratxodjayev podcherkivayet, chto dlya nego vozglavit takoy vuz - bolshaya chest i otvetstvennost
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Sherzod Kudratxodjayev podcherkivayet, chto dlya nego vozglavit takoy vuz - bolshaya chest i otvetstvennost

Xalqaro Press klub rahbari nega MIBdan qoʻrqadi?

Albatta, universitet boʻylab tur gapga chechan Sherzod Qudratxodjayevning hazillarisiz kechmadi. Universitet qad rostlashni boshlagan kundan tinimsiz mehnatda boʻlgan Qudratxodjayev ishni suv chiqarishdan boshlashganini aytdi.

"Davlat suvini sepish - shtraf. Mumkin emas. Bizlar MIBdan qoʻrqamiz, shuning uchun 44 metrdan artezian suvini chiqardik. Kechqurun kelsalaring Amerikadagi parkka oʻxshaydi", - dedi rektor.

"Talabalarimizni pirojki bilan boqmaymiz"

Universitet kampusi hududida, shuningdek moʻʼjazgina qizil rangdagi kafeynya ham bor.

"Kafeteriyda talabalar uchun qanaqadir pirojkilar emas, balki mazali kruassanlar va juda ajoyib qahva tayyorlashadi. Shuningdek, universitet hududida Wi-Fi ishlab turadi", - deb tanishtirishni davom etadi Qudratxodjayev.

Doskasi yoʻq auditoriyalar...

Darvoqe, rektorning soʻzlariga koʻra, oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻygan yangi universitetda zamonaviy axborot texnologiyalarining barcha turlari boʻladi va shu bois, maʼmuriyat auditoriya tushunchasidan imkon boricha uzoqlashmoqda.

Takje universitet zaymetsya privlecheniyem studentov v nauchnuyu deyatelnost
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Takje universitet zaymetsya privlecheniyem studentov v nauchnuyu deyatelnost

Lektsiyalar oʻtiladigan xonalarga kirishimiz bilan Qudratxodjayev "Bizda qora doskalar yoʻq, eʼtibor bergan boʻlsalaring", dedi. Darvoqe, har bir oʻquv auditoriyasida monitor va proyektor oʻrnatilgan boʻlib, talabalar bajarilgan vazifalarni mittigina fleshkaga yuklab kelib javob berishlari koʻzda tutilgan.

Shuningdek, har bir oʻquv xonasida kuzatuv kameralari oʻrnatilgan boʻlib, lektsiyalar muntazam nazorat ostida boʻladi.

Bayroqdor universitet

Oʻzbekistondagi hech qaysi universitetning bayrogʻi yoʻq. "Toʻrtinchi hokimiyat"ning malakali mutaxassislarini tarbiyalashni oʻz oldiga vazifa qilib olgan jurnalistika universiteti esa ushbu yangilikni kiritishga ulgurdi. Universitet bayrogʻi buyuk sohibkiron Amir Temur bayrogʻining rangida, yaʼni koʻk rangda.

Universitet shuningdek oʻz kutubxonasi, "Yoshlar ittifoqi" xonasi, kattagina sport zali, strategiya xonasi, universitet mobil muzeyiga ega.

Kelajakda talabalar mehmonxonasi qurilishi mumkin

Ha, ajablanmang, rektor Qudratxodjayevning rejalari ulkan.

Ulardan biri yaqin yillarda oʻz mehmonxona majmuasiga ega 7 qavatli inshootni qad rostlashdir. "Men oyiga 60 ming soʻm toʻlanadigan talabalar yotoqxonasi qurilishiga qarshiman. Talabalarimizning aksariyati poytaxtga oʻqishga kelganlarida 200 dollardan toʻlab kvartiralarni ijaraga olishadi. Oʻsha pulning teng yarmini toʻlashsa, ular uchun alohida bir kishilik barcha sharoiti mujassam yevropacha uslubda xonalarni hozirlab berishga tayyormiz. Mehmonxonaning birinchi qavatida universitetga jalb qilingan professorlar yashashadi. Aminmanki, bu loyiha koʻpchilikka maʼqul keladi", - dedi Qudratxodjayev.

Rektorning taʼkidlashicha, universitet kelajakda oʻz malakasi tufayli koʻp pul topa oladigan sanoqli kuchli kadrlarni yetishtiradi. Albatta, bunday ishlarni xalqaro aloqalarsiz amalga oshirib boʻlmaydi.

Bu yoʻnalishda esa ishlar allaqachon boshlab yuborilgan. Jumladan, universitet M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Sankt-Peterburg davlat universiteti qoshidagi Jurnalistika instituti, Turkiyaning Anqara, Istanbul, Gʻozi, Hojitepa, Ibn Xaldun universitetlari bilan ilmiy va oʻquv ishlari boʻyicha aloqalar oʻrnatgan.

Asosiy mavzular